Matbuot xizmatiYangiliklarSunʼiy intellekt orqali shaxsiy maʼlumotlarni o‘zgartirganlar jarimaga tortiladi

Sunʼiy intellekt orqali shaxsiy maʼlumotlarni o‘zgartirganlar jarimaga tortiladi

Qonun bilan SIdan foydalanib shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish yoki ularni internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilandi.

Sunʼiy intellekt yordamida shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqdagi tegishli qonun qabul qilindi.

Hujjat bilan “Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun ga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslari belgilandi. Ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlari aniqlashtirildi.

Unga ko‘ra, sunʼiy intellekt — insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash va aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui.

Insonning huquqi va erkinligiga aloqador bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan texnologiyalar asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanish mumkin emas.

Sunʼiy intellektdan foydalanib shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish yoki ularni OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internetda tarqatish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bunda huquqbuzarlik qurollari musodara qilinib, BHMning 50−100 baravarigacha, yaʼni 41,2 mln so‘mgacha jarima solinadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

2025-yilning noyabrida Senat sunʼiy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni maʼqullagandi. Hujjat SIdan foydalanish qoidalarini, maxsus vakolatli organning vazifalarini taʼminlash tartibini belgilaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

 “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi

“Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 11.02.2026 y.) qabul qilindi. O‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi...

O‘zbekistonda kasbiy ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan subsidiyalar joriy etiladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvargacha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘i hisobidan kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan subsidiyalar joriy etiladi. Bu haqda prezidentning 5-fevral kungi...

O‘zbekistonda ayrim uylar devor va tomlari izolyatsiya qilinib, energiya tejamkor eshik va derazalar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda ayrim oilalar xonadonlari devor va tomlari izolyatsiya qilinib, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatib beriladi. Bu haqda “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish...

Maosh 1800 yevro: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar qildi. Qayd etilishicha, Italiya klinikalari bilan hamkorlikda Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi bitiruvchilari bepul italyan tili kurslarida o‘qitiladi....

O‘zbekistonda maktabga tayyorlov guruhini tamomlagan bolalarga keyingi o‘quv yilidan elektron sertifikat beriladi

O‘zbekistonda 2026/27-o‘quv yilida 6 yoshli bolalar uchun alohida “nolinchi sinf” joriy etilmaydi, qabul amaldagi tartib asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi...

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda infratuzilma va ta’limga $164 mln ajratadi

Islom taraqqiyot banki (ITB) va O‘zbekiston o‘rtasida infratuzilma va ta’lim sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ikki yirik moliyalashtirish bitimi imzolandi. Bu haqda bank rasmiy saytida ma’lum qilindi. Bitimlarni ITB prezidenti...