Matbuot xizmatiYangiliklarSenat islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonunni maʼqulladi

Senat islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonunni maʼqulladi

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni maʼqulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan 2 ta kodeks hamda 7 ta qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilovchi yangi normalar kiritilmoqda.

Xususan, islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya turi joriy qilinib, unga oid talablar belgilanmoqda.

Jumladan, mazkur litsenziya bilan banklar tomonidan to‘liq islomiy bank faoliyatini amalga oshirish yoki bir vaqtning o‘zida ham anʼanaviy, ham islomiy bank faoliyatini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shuningdek, islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bank va islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarda islomiy moliya kengashini tashkil etish hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Soliq kodeksi ga islomiy moliya operatsiyalarini soliqqa tortish tartibini belgilovchi alohida bob kiritilmoqda.

Unga asosan islomiy moliya faoliyatidan olingan daromadlar soliq solish maqsadlarida foizli daromadlarga tenglashtiriladi. Banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan mijozga realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo‘yiladigan ustama QQSdan ozod qilinmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonun bank-moliya sohasiga yangi strategik investorlarning kirib kelishiga xizmat qiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda infratuzilma va ta’limga $164 mln ajratadi

Islom taraqqiyot banki (ITB) va O‘zbekiston o‘rtasida infratuzilma va ta’lim sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ikki yirik moliyalashtirish bitimi imzolandi. Bu haqda bank rasmiy saytida ma’lum qilindi. Bitimlarni ITB prezidenti...

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $75 mlrddan oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oy davomida tarixiy maksimumni yangilamoqda. Bu haqda Markaziy bank ma‘lumotlarida keltirilgan. 1-fevral holatiga ko‘ra, regulyator ixtiyoridagi xalqaro aktivlarning umumiy qiymati $75,08 mlrdga yetdi. Oxirgi...

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini baholash tizimi joriy etildi

Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati baholanadi. Bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, 341-son qarorga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Davlat...

O‘zbekiston Pokistonning Karachi portida tovar omborlarini tashkil etadi

O‘zbekiston va Pokiston transport sohasida qator kelishuvlarga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Transport vaziri o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi delegatsiya Shavkat Mirziyoyevning avvalroq...

Xususiy bog‘cha ochish uchun bir qator imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda

Prezident maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yig‘ilishda maktabgacha taʼlim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imtiyozlar ham...

Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish va toifalarga ajratish tartibi belgilandi

Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi. Hujjat oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarga ajratish va reyestrdan chiqarish tartibini belgilaydi. Nizomga ko‘ra,...