Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayoniga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandi.
Qayd etilishicha, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarni vatanga muhabbat hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlandi:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan
Bobomurodova Xosiyat — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Kariyeva Bernara Raximovna — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori
- Toshova Moyra Nabiyevna — Buxoro shahridagi “Shayxul Olam” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
- Toshpulatova Klara Bekpulatovna — Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
- Xalikova Mukaddas Shamaksudovna — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna — Chimboy tumanidagi “Gujimli” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Aliyeva Zafara Jumabayevna — O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti
- Axmedjanova Nasiba Muratovna — “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyatsiya ustasi
- Axmedova Zarifa Nishonovna — Sharof Rashidov tumanidagi “Zomin asali” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
- Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna — Bekobod tumanidagi “Boqiyeva Nazira” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
- Berdiyeva Barno Saitnazarovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi
- Bobanazarova Jamila Xolmurodovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator
- Bryuxovetskaya Nadejda Vasilevna — Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatining texnologik bo‘limi boshlig‘i
- Daminova Muxabbat Jabborovna — Sariosiyo tumanidagi “Orzu Daminzoda” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
- Ziganshina Dinara Ravilevna — Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori
- Ibragimova Oliya Xojamberdiyevna — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
- Karimova Feruza Baxtiyorovna — H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i
- Matviyenko Irina Aleksandrovna — “Nemolchi.uz” ijtimoiy loyihasi rahbari
- Muxiddinova Umida Tulkunovna — Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
- Ro‘zmetova Nasiba Sharipovna — Xiva tumanidagi “Qo‘shchi Kattabog‘” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati
- Ubaydullayeva Nigoraxon Qurvonaliyevna — Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
- Urunbayeva Gulchexraxon Shokirovna — Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati
- Xamrayeva Muatar Kabildjanovna — Chilonzor tumanidagi “Gavhar” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oqila ayollar” harakati rahbari, Toshkent shahri
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Adilova Feruza Saibjanovna — “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri
- Ashirova Gulchexra Olimovna — Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori
- Imamova Dilbar Babaqulovna — Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati
- Karimova Barno Patxullayevna — Toshkent shahridagi “Iffatli kelin” o‘quv markazi ta’sischisi
- Raxmanova E’tiborxon Abduraufovna — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi
- Turayeva Salixa Dusanovna — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati
- Usmonova Xurinisa Sharapovna — Namangan davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
- Abdullayeva Nilufar Ismatovna — Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati
- Qambarova Nigora Fattaxovna — Shahrixon tumanidagi “Shahrixon” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati
- Mansurskaya Elvira Sabriyevna — Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati
- Muxamedova Barno Farxadovna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
“Sog‘lom turmush” medali bilan
- Boboyeva Yuliya Leonidovna — Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi
- Kuanishova Jamila Seylbek kizi — Uchquduq tumanidagi “Qulquduq” oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
- Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna — Farg‘ona viloyati Miss fitness ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari
- Xalikova Xurshida Narzullayevna — Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
- Jumayeva Sadbaroy Axatovna — Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
- Ismoilova Iroda Xotam qizi — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi — “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari
- Muxtorova Madina In’omjon qizi — Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati
“Shuhrat” medali bilan
- Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna — UZINFOCOM mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori
- Azimova Zarnigor Shuxratovna — Navbahor tumanidagi “Beshrabot” mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati
- Atadjanova Yulduzxan Yuldashovna — Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Atayeva Mukaddas Matyakubovna — Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati
- Berdimbetova Gulsara Yesenovna — Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Bo‘ranova Aychurak Ravshanbekovna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Flowers Anya mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
- Butayeva Zulayxo — Boyovut tumanidagi “Boyovut agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati
- Butayeva Inobat Yuldosh qizi — Chiroqchi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
- Vohidova Noyira Rahimovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri
- Jo‘rayeva Nilufar Davronovna — Boysun tumanidagi Dream’s Shahrinaz mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati
- Zaxidova Nazira Saloxiddinovna — Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati
- Ikramova Tamila Alisherovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “Axborot” bosh muharririyati katta muharriri
- Kambaridinova Noila Mexrojovna — Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati
- Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi — Zangiota tumani “Farobiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
- Kudratova Malika Mamatmuratovna — O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Do‘stlik tumani bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
- Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi
- Mamatkulova Gulbaxorxon Axmedovna — Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Farg‘ona viloyati
- Masimova Kunel Ilyasovna — Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
- Muminova Zeboxon Rixsibayevna — Yunusobod tumanidagi Nova school nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri
- Normatova Lobarxon Xolmatovna — Rishton tumanidagi “Furqat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
- Sozikina Yelena Gennadevna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mutaxassisi
- Tashbayeva Gulchexra Karabekovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mutaxassisi
- Xalbayeva Gulandan Baltabayevna — Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati
- Xunarova Malaxat Xaydarovna — Angren shahridagi Oydin central service mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
- Xuramova Salima Jo‘rayevna — G‘uzor tumanidagi “G‘uzor qorako‘lchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
- Sharipova Laylo Frunzeyevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
- Shermatova Gulsara Tursunbayevna — Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining ko‘kalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi
- Ergasheva Shaxnoza Agzamovna — Qibray tumanidagi “Po‘lat qadam” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati
- Esanova Salomat Almardanovna — Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Sayhon” oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati
- Yunusova E’tiborxon Abduxalilovna — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari, Namangan viloyati
