Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

Dekabr oyida oltin zaxiralarining kamayishi ortidan xalqaro aktivlar deyarli $300 mlngacha qisqardi. Biroq, valyuta zaxiralari $414 mlnga oshdi.

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi ketma-ket ikkinchi oy qisqarishda davom etmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

1-yanvar holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati $41,18 mlrdni tashkil etdi. Bu undan oldingi oyga nisbatan $297,2 mlnga yoki 0,7%ga kamdir.

Shunga qaramay, ularning hajmi maksimal qiymatlarga yaqin darajada qolmoqda va o‘tgan yil davomida 19,1%ga yoki $6,6 mlrddan ortiqqa oshdi. Oltin zaxiralari qiymati $704,4 mlnga — $32,7 mlrddan $32,03 mlrdgacha pasaydi. Uning fizik hajmi esa 12,3 mln troy unsiya (382,57 tonna) darajasida o‘zgarishsiz qoldi.

Dekabr oyida O‘zbekistonning valyuta zaxiralari $414 mlnga oshdi. Ularning hajmi $8,59 mlrdni, shu jumladan, boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlarida $351 mlnni hamda xorijiy banklarda $8,14 mlrdni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati biroz — $101,7 mlngacha oshdi. 2024-yilning oktabr oyida regulyator $65 mlnlik xorijiy obligatsiyalar sotib olinganini e’lon qildi, bu esa ularning hajmini deyarli uch baravarga oshirgandi.

Noyabr oyida O‘zbekiston dunyodagi oltinning ikkinchi yirik xaridoriga aylandi. Markaziy bank AQShdagi prezidentlik saylovlari fonida narxlarning pasayishidan foydalanib, 9 tonna oltin sotib oldi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Kelgusi 2 yilda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga 2 trln so‘m ajratiladi

Taʼsischisi yoki rahbari ayol bo‘lgan kompaniyalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Prezident xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilishi bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy...

2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit beriladi, ayrim texnikalarga boj bekor qilinadi

Shuningdek, ularga sug‘orish nasoslariga quyosh panellari o‘rnatish va elektr xarajatlari uchun kompensatsiyalar ajratiladi. 2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilar uchun yangi imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda 2-dekabr kuni...

Bog‘dorchilik xo‘jaliklariga intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 14% li imtiyozli kredit beriladi

Shuningdek, muzlatkichli omborlar uchun kredit foizining bir qismi va qadoqlash xarajatlarining 50%i qoplab beriladi. Avvalroq prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib...

Prezident butun mamlakatda havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni topshirdi

Barcha hududlarda xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha kamida 1 tadan loyihani boshlash, yagona monitoring platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 1-dekabr kuni...

O‘zbekiston sun’iy intellekt moduliga ega Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqmoqda

Sun’iy intellekt yordamida tibbiy suratlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, u orqali yo‘llardagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlash tizimini yaratish taklif qilindi. Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni...

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish instituti tashkil etiladi

Institut yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Avvalroq prezident “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari...