Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonliklar Qurbon hayiti bayramida ketma-ket uch kun dam oladi — prezident qarori

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti bayramida ketma-ket uch kun dam oladi — prezident qarori

Mamlakatda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun — juma kuniga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 6-iyun kuni nishonlanadi. Bu bo‘yicha prezidentining qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 2025-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun — juma kuniga to‘g‘ri kelishi belgilandi.

Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 7-iyun — shanba kuni 6 kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shundan kelib chiqib, bayramda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

  • 6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
  • 7-iyun (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ham 6 kunliklar uchun ham dam olish kuni;
  • 8-iyun (yakshanba) — barcha uchun dam olish kuni.

Turizm qo‘mitasiga Transport vazirligi bilan birgalikda fuqarolar uchun Qurbon hayiti kunlarida ziyoratgohlar va tarixiy joylarga ziyoratlarni tashkil etish uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Markaziy bank huzurida ustav fondi $50 mlnlik venchur fond tashkil etiladi

Shu bilan birga, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab yaratilib, kelasi yildan uning ishtirokchilariga moliyaviy yordam berib boriladi. 27-noyabr kuni “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini...

O‘zbekiston sunʼiy intellekt bo‘yicha 5 mln prompt-muhandisni BAA tajribasi asosida o‘qitadi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan Yosh avlod va Kitob chellenji loyihalarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr...

2026-yilda davlat tashkilotlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratiladi?

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 328,08 trln so‘mni tashkil etadi. Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgandi. Hujjat bilan,...

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Bundan tashqari, ko‘chmas mulk garovini ro‘yxatga olish xizmati narxi 2 baravar kamaytiriladi. 25-noyabr kuni prezidentning “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida"gi...

Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolgan qismi...

O‘zbekistonda havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinadi

Shuningdek, atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Avvalroq prezident Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan,...