Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga ustama haq to‘lab beriladi

O‘zbekistonda sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga ustama haq to‘lab beriladi

2022-yil 1-fevraldan boshlab ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar faoliyat yuritayotgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar XTB boshliqlariga yozgan xatida keltirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan. Mazkur qarorning 11-bandiga ko‘ra, C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama to‘lash tartibi 2022-yil 1-fevraldan boshlab joriy etilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lab beriladi.

Bunda, rus tili bo‘yicha TORFL xalqaro sertifikatining C1 darajasi, “TRKI”ning “TRKI 3” va C 1 darajalari hamda CEFR’ning C1 darajadagi sertifikatlari o‘zaro muvofiq hisoblanadi.

Ushbu ustamalar o‘z vaqtida to‘lab borilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy xalq ta’limi bo‘linmalariga vazirlikning ko‘rsatmasi berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2021-yil maydagi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borish nazarda tutilgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi. Maʼlumki, Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida birinchi bosqichda...

Prezident Yangi Toshkentda musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Mamlakatimizda aholi uchun zamonaviy jamoat makonlari, koʻngilochar va madaniy hordiq maskanlarini tashkil...

Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishi jadal davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ushbu zamonaviy sport majmuasiga oʻtgan...

2025-yilning to‘rtinchi choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni 15% dan ortiqqa oshdi

2025-yilda kuzatilgan yuqori iqtisodiy faollik va ijobiy biznes kayfiyati fonida mehnat bozorida sezilarli kengayish davom etdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori bo‘yicha sharhida keltirilgan. O‘tgan yilning to‘rtinchi...

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $200 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun $200 mln ajratishni ma’qulladi. Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi...

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...