Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda aholi ta’minoti uchun qancha qishloq xo‘jaligi mahsuloti jamg‘arilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholi ta’minoti uchun qancha qishloq xo‘jaligi mahsuloti jamg‘arilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda bahor oyida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qariyb 627 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti jamg‘arilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil qish va 2022-yil bahor oylarida respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida jami 626,6 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shundan 294 ming tonna kartoshka, 86,8 ming tonna piyoz, 163,6 ming tonna sabzi hamda 82,1 ming tonna guruch jamg‘arilgan.

Toshkent shahrining 12 ta asosiy dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etilib, viloyatlar tomonidan bozorlarga keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun barcha shart-sharoitlar (bepul rastalar, tarozi, saqlash omborxonalari) yaratib berilgan.

Ushbu bozor yarmarkalari 2022-yil 1-mayga qadar davom ettirilib, 75,5 ming tonna mahsulot bozorlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Respublikada kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha 40 ta tuman kartoshka yetishtirishga, shundan, 23 tasi urug‘lik kartoshkaga ixtisoslashtirilgan. Xorijdan 47,2 ming tonna kartoshka olib kelish maqsadida 21,7 mln dollar (imtiyozli) moliyalashtirilgan. Shuningdek, kartoshkachilik yo‘nalishida 9 ta klasterlari tashkil etilib, ularga 3,6 ming ga yer ajratilgan. Respublika bo‘yicha 5 ta in-vitro laboratoriyalari tashkil etilgan.

O‘zbekistonda belgilangan tibbiy me’yorga (52,6 kilogramm) muvofiq, aholining kartoshkaga 1 yillik ehtiyoji 1,9 million tonnani tashkil etadi. JSST me’yori (96,7 kilogramm) bo‘yicha aholi iste’moli qariyb ikki barobar ko‘p.

Ta’kdilanishicha, bugungi kungacha importyorlar tomonidan 1042 tonna kartoshka bozorlarga olib kelinib, 3700 so‘mdan 4200 so‘mgacha sotilmoqda. Shu kungacha hududlardagi 27 ta bozorda 985,7 tonna kartoshka sotilgan. Ushbu intervensiya hisobiga kartoshkaning bozorlardagi chakana narxi 1000-2500 so‘mga (25—28 foizga) pastlab, arzon bo‘lishiga erishilgan.

O‘zbekiston 2021-yilda rekord darajada ko‘p — yarim million tonnadan ortiq kartoshka import qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, agar Pokiston yoki Erondan kartoshka olib kirishga taqiq qo‘yilsa, ularning o‘rnini boshqa yirik yetkazib beruvchi mamlakatlar — Rossiya va Qozog‘iston bilan almashtirish qiyin bo‘ladi. Chunki, Rossiya va Qozog‘istonda ushbu mahsulot narxi tez o‘sib bormoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi. Maʼlumki, Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida birinchi bosqichda...

Prezident Yangi Toshkentda musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Mamlakatimizda aholi uchun zamonaviy jamoat makonlari, koʻngilochar va madaniy hordiq maskanlarini tashkil...

Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishi jadal davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ushbu zamonaviy sport majmuasiga oʻtgan...

2025-yilning to‘rtinchi choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni 15% dan ortiqqa oshdi

2025-yilda kuzatilgan yuqori iqtisodiy faollik va ijobiy biznes kayfiyati fonida mehnat bozorida sezilarli kengayish davom etdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori bo‘yicha sharhida keltirilgan. O‘tgan yilning to‘rtinchi...

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $200 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun $200 mln ajratishni ma’qulladi. Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi...

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...