Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda 13–14-mart kunlari umumxalq hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 13–14-mart kunlari umumxalq hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda hukumatning 28-fevraldagi farmoyishida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, umumxalq xayriya hashari davomida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etiladi.  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar va aholi xonadonlari atrofiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi.

2026-yilda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykallari o‘rnatilgan maydonlar atrofida, uning nomi berilgan ko‘plab ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.

Obodonlashtirish tadbiri ishtirokchilariga zarur texnika vositalari va anjomlar beriladi. Joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishi ta’minlanadi.

Umumxalq xayriya hashari davomida avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqlar, hududlar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy hasharlarga tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlangani qat’iy nazoratga olinadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi. Maʼlumki, Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida birinchi bosqichda...

Prezident Yangi Toshkentda musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Mamlakatimizda aholi uchun zamonaviy jamoat makonlari, koʻngilochar va madaniy hordiq maskanlarini tashkil...

Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishi jadal davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ushbu zamonaviy sport majmuasiga oʻtgan...

2025-yilning to‘rtinchi choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni 15% dan ortiqqa oshdi

2025-yilda kuzatilgan yuqori iqtisodiy faollik va ijobiy biznes kayfiyati fonida mehnat bozorida sezilarli kengayish davom etdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori bo‘yicha sharhida keltirilgan. O‘tgan yilning to‘rtinchi...

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $200 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun $200 mln ajratishni ma’qulladi. Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi...

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...