So‘nggi yillarda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari”ning amalga oshirilishi natijasida 596 ming nafar yoshlar bandligi taʼminlandi hamda 25,7 ming nafar imkoniyati cheklangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armalarida mahalliy byudjetning orttirilgan qismining 15 foizi va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 mlrd so‘m mablag‘ shakllantirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 140 mingga yaqin yoshga ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatildi.
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 3,3 trln miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish orqali 132 ming nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bir necha kun avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarbilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi
1. Unga ko‘ra Respublikamizdagi jami 9 309 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
2. Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuzilmalarida mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari tashkil etildi.
3. Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:
– “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
– mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
– yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
– yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;
– huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan
tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.
4. Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi
– madaniyat va sanʼatni targ‘ib qilish borasida
– sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida
– axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida
– maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida
– vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida
– tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida
5. Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
So‘nggi yillarda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari”ning amalga oshirilishi natijasida 596 ming nafar yoshlar bandligi taʼminlandi hamda 25,7 ming nafar imkoniyati cheklangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armalarida mahalliy byudjetning orttirilgan qismining 15 foizi va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 mlrd so‘m mablag‘ shakllantirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 140 mingga yaqin yoshga ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatildi.
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 3,3 trln miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish orqali 132 ming nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi.
Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.
1. Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:
– xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
– xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;
– xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.
2. Ish faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi;
3. Yetakchi sifatida ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi, Yetakchi sifatidagi ish staji navbatdagi harbiy va maxsus unvonlar olishda hisobga olinadi, shuningdek, ularga oldingi ish joyiga qaytganida qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
4. Har bir Yetakchining ish faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi hamda quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi elektron reyting tizimi (KPI) joriy etiladi:
Mahalladagi Yoshlar yetakchisini saralash natijalari to‘g‘risida
Respublika bo‘yicha 9 309 ta mahallada Yoshlar yetakchilari lavozimiga nomzodlar uchun “vacancy.argos.uz” portalida tanlov eʼlon qilindi. Tanlovda lavozimiga jami 42 538 nafar nomzodlar onlayn hujjat topshirdi (bir o‘ringa 4,6 nafar).
Respublika ishchi guruhi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, 9 309 ta (100 foiz) mahallalar uchun nomzodlar tanlab olindi.
Qaror bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Yetakchilar uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash bo‘yicha joriy yilning 25-28 yanvar kunlari masofaviy tartibda tashkil etilgan o‘quv-seminarda 9294 nafar Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
O‘quv davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish maqsadida ishtirokchilar metodik jihatdan taʼminlandi, yoshlar yetakchilarining tashkiliy-huquqiy bilimlari oshirildi, ularda yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish ko‘nikmalari shakllantirildi.
Yuqorida qayd etilgan har bitta vazifani yoshlar manfaatidan kelib chiqib, mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda tizimli va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanadi.