Matbuot xizmatiYangiliklarMukammal kun tartibiga qanday erishish mumkin?

Mukammal kun tartibiga qanday erishish mumkin?

Samarali kunlik jadvalni yaratish biroz tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda nafaqat qanday vazifalarni bajarish kerakligini tushunish, balki ularni qachon amalga oshirish mumkinligini aniq belgilash kerak. Ushbu besh qadam hamma narsani malakali tashkil etishga yordam beradi.

1. Vazifalar ro‘yxatini tuzing

Yarim soat vaqt ajrating va har kuni amalga oshirishingiz kerak bo‘lgan barcha vazifalaringizni yozib oling. Bu shaxsiy va ish faoliyati bilan bog‘liq yumushlar bo‘lishi kerak. Bezovta bo‘lmang va ro‘yxatning tuzilishi haqida o‘ylamang – bu shunchaki qoralama xolos.

Agar bir vaqtning o‘zida barcha holatlarni eslab qolish qiyin bo‘lsa, ularni kun davomida qo‘shib boring. Har qanday turdagi kichik vazifalar bor ekanini ham unutmaslik kerak.

2. Kundalik vazifalaringizni tuzing

Eng yuqori mahsuldorligingizni hisoblang va shunga qarab kun davomida vazifalarni taqsimlang. Mana bir misol.

Ertalab. Bu yerda siz eng erta faoliyatni qo‘shishingiz mumkin, masalan qahva tayyorlash kabi. Kun tartibini tugatgandan so‘ng, diqqatni jamlash va o‘ylangan yondashuvni talab qiladigan narsalar haqida bosh qotirish mumkin.

Tushlik vaqti. Bu juda qiyin segment, chunki kunning o‘rtalarida bizning energiyamiz sezilarli darajada kamayadi. Biroq, bu o‘zining afzalliklariga ega – bu davrda siz maxsus aqliy faoliyatni talab qilmaydigan muntazam va zerikarli vazifalarni qoldirishingiz mumkin. Siz elektron pochta xabarlariga javob berishingiz, kerakli uchrashuvlarni belgilashingiz yoki ish joyingizni tartibga solishingiz mumkin. Agar siz uyda bo‘lsangiz, bu vaqtning ma’lum qismini tozalash ishlari uchun ajrating.

Oqshom. Keyingi kunga tayyorgarlik ko‘rish uchun juda ideal vaqt.

3. Tafsilotlarni aniq yozing

Endi siz kuningiz qanday ko‘rinishi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lsangiz, tafsilotlarni qo‘shish vaqti keldi. Masalan:

Ertalab soat 6:00 uyg‘onish, dush qabul qilish va tishlarni yuvish;
6:30 – nonushta;
7:00 – uydan chiqish;
7:30 – bolalarni maktabga olib borish;
08:00 – ishxonaga yetib borish va hokazo.
Bu juda batafsil jadval, agar qulayroq bo‘lsa, ba’zi narsalarni o‘tkazib yuborishingiz mumkin.

4. Jadvalingizni moslashuvchan qiling

Hayot hatto eng batafsil va murakkab rejalarga ham tuzatishlar kiritishga qodir. Yangi tartibingizning asosiy maqsadi murakkab vazifalar uchun eng samarali va muntazam ish uchun eng samarasiz vaqtdan unumli foydalanishdir. Ba’zan ish rejalashtirilgan vaqtda shifokorga borishingiz yoki boshqa biror ish qilishingiz kerak bo‘lib qoladi va keyingi kun uchun kechki ovqatga tayyorgarlik yoki do‘stlar bilan uchrashuv to‘xtatilishi mumkin. Kunning rejasini tuzishga harakat qiling, shunda hamma narsa soat kabi ishlaydi, hatto kutilmagan hodisalar odatdagi ishlarning borishiga xalaqit bersa ham.

5. Yangi tartibni sinab ko‘ring

Olingan diagrammani sinovdan o‘tkazish uchun bir oy ajrating. O‘z his-tuyg‘ularingizni tinglang. Har bir vazifani rejalashtirgan vaqtingiz sizga mos keladimi? Yoki biror narsani o‘zgartirish kerakmi? Yaxshi ishlamagan hamma narsani tuzating. Asta-sekin siz jadvalni mukammallikka olib kelasiz.

Avvaliga kunni rejalashtirish juda murakkab va befoyda ish bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo asta-sekin siz mahsuldorligingiz qanday o‘zgarganini va qancha bo‘sh vaqt paydo bo‘lganini sezasiz.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tuman va shahar hokimliklarida boshqaruvning yangi tizimi joriy etiladi

2026-yildan ayrim tumanlarda davlat idoralari bo‘linmalari hokimlik tarkibiga o‘tkaziladi. Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Hujjat...

Prezident sun‘iy intellektni davlat tashkilotlarida joriy etishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi

Taqdimotda sun‘iy intellekt klasteri, AI Maktab platformasi hamda mahalliy startaplar faoliyati muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev sun‘iy intellekt texnologiyalarini mamlakat vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng...

2026-yildan O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi

Yo‘ldoshli internet operatorlari besh yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Avvalroq 21-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor...

O‘zbekistonda 2030-yilgacha mo‘ljallangan munosib mehnat dasturi ishlab chiqiladi

Prezident unda munosib bandlik, mehnat muhofazasi, ijtimoiy sug‘urta, gender tenglik, yoshlar va inklyuzivlik masalalariga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Avvalroq prezident kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuv...

Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

Kam ta’minlangan oilalar uchun elektr va gaz uchun kompensatsiyani 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi. Bu haqda...

Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihaning birinchi bosqichida $2,5 mlrd sarmoya hisobiga aerovokzal va aerodrom qurilib, yiliga 20 mln yo‘lovchi, 129 ming tonna yuk va soatiga 30 ta parvozga xizmat ko‘rsatish imkoniyati...