Matbuot xizmatiYangiliklarKuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

Kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

Kuryerlar to‘lovni qabul qilishda chek yoki kvitansiyani taqdim etishi lozim. Ular oziq-ovqat yetkazib berishda termokonteynerlarni toza saqlashi va dezinfeksiya qilishi kerak bo‘ladi.

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi.

Nizom elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Unga ko‘ra, kuryer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi.

Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar va yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga haqli. Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qo‘llash yoki elektron yoxud qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarning toza hamda soz holatda bo‘lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

Kuryerga tovarning qadog‘ini o‘zboshimchalik bilan ochish, xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...