Foydali manbalarKutubxonaKitob oʻqishni oilaviy mashgʻulotga aylantiramiz!

Kitob oʻqishni oilaviy mashgʻulotga aylantiramiz!

Bolalarda kitob oʻqishga boʻlgan muhabbatni shakllantirish uchun qanday usullardan foydalanish mumkin? Bu masalada quyidagi layfxaklardan foydalansangiz boʻladi.

– Agar farzandingiz hali juda kichkina boʻlsa, uning yoshiga mos kitoblar xarid qiling. Kitobni u bilan birgalikda yoki navbatma-navbat oʻqing. Farzandingizga kitobdagi suratlarni koʻrsating va qahramonlar haqida u bilan suhbatlashing.

– Kitobni oʻqib boʻlganingizdan keyin bola bilan mavzu yuzasidan fikr almashing. Fikr almashish jarayoni kitobdagi mavzuni yoki asarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

– Bolalar ota-onalaridan ibrat olib ulgʻayishadi. Uni kitob oʻqishga oʻrgatishni istasangiz, farzandingiz sizni ham kitob oʻqib oʻtirgan holatda koʻproq koʻrishi kerak. Unga shaxsiy namuna koʻrsatsangizgina, bola ham mutolaaga mehr qoʻyadi. Agar u sizni kun davomida ijtimoiy tarmoqlardan bosh koʻtarmaydigan, televizor qarshisiga mixlanib qolgan holda koʻraversa, kelgusida bularning barchasini oʻz hayotida ham takrorlaydi.

– Oilangizning barcha aʼzolari jam boʻlib, birgalikda kitob oʻqishi uchun vaqtni rejalashtiring. Misol uchun, yakshanba kuni kechki ovqatdan keyin oila aʼzolarining barchasi har qanday ishdan biroz chalgʻib, birgalikda kitob oʻqiydigan boʻlsin. Avvaliga buning uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratsangiz yetarli, keyin esa vaqtni asta-sekin koʻpaytirib borasiz.

– Farzandingiz kitob oʻqish bilan mashgʻul boʻlgan vaqtda uni chalgʻitmang. Bu paytda bolaning yoniga joylashib olib, siz ham unga qoʻshilishingiz mumkin. Natijada bola mutolaa jarayonining qanchalar katta ahamiyatga ega ekanligini his qiladi.

– Farzandingizga qanday kitoblarni oʻqisa koʻproq foyda olishini tushuntirib bering. Uning qiziqishlariga mos kitoblar tanlashga koʻmaklashing, bu borada bolaning fikri bilan ham qiziqing.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 5 ta kitob

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2025-yilda o‘qigan eng yaxshi 5 ta kitobi ro‘yxatini e’lon qildi. “Bayram yaqinlashmoqda. Men har doim yilning shu faslidan foydalanib, kitob...

Claire-Louise Bennett: «Checkout 19»

«Checkout 19» romani Londonning kambag‘al, ishchilar yashaydigan hududida o‘sib ulg‘aygan va o‘qishni juda yaxshi ko‘radigan qiz haqida hikoya qiladi. Kitoblar unga yolg‘izlikdan xalos bo‘lishga...

Uolter Ayzekson. Kodbuzar

2023 yilda nashr etilgan kitoblar ichida 736 betlik “Kodbuzar” alohida ajralib turadi. Mazkur kitob genetika qanchalik katta yutuqlarga erishganini, gen tahrirlash hayotimizda nimalarni o‘zgartirgani, Nobel...