Matbuot xizmatiJoriy yilda 250 ming nafar xotin-qiz oliy ta’lim bilan qamrab olinadi

Joriy yilda 250 ming nafar xotin-qiz oliy ta’lim bilan qamrab olinadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu yil 2 million nafar xotin-qiz bandligini ta’minlash, 250 ming nafar xotin-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, 250 ming nafar xotin-qizni oliy ta’lim bilan qamrab olish hamda 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish kabi 4 ta eng muhim maqsadli ko‘rsatkichga erishish rejalashtirilgan.

2025 yilda 250 ming nafar xotin-qizni oliy ta’lim bilan qamrab olish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi. Maqsadli ko‘rsatkichning bajarilishi yuzasidan xotin-qizlarni oliy ta’limga qamrab olish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, ijroga yo‘naltirilgan.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, respublikaning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan joriy yil aprel oyida 221 ming 17 nafar 11-sinf bitiruvchi qiz o‘rtasida OTMlarga jalb etish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.

Ulardan 196 ming  811 nafari oliy ta’lim tizimida, 11 ming 31 nafari texnikumlarda o‘qish istagini, 5 ming 999 nafari kasbga tayyorlash markazlarida o‘qib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchiligini va 7 ming 176 nafari ishlamoqchiligini ma’lum qildi.

So‘rovnomaga ko‘ra, qizlarning 102 ming 36 nafari qo‘shimcha fan to‘garaklariga, 19 ming 949 nafari oilasidagi ijtimoiy masalalarni hal etishga ehtiyoji borligini ma’lum qilgan. 33 ming  526 nafari boshqa turli masalalar yuzasidan ko‘makka muhtojligi, 77 ming 227 nafari oliy ta’lim muassasasiga kirishda ko‘makka muhtoj emasligini bildirgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...