Matbuot xizmatiYangiliklarEndi nogironlik pensiyalari ham proaktiv shaklda tayinlanadi

Endi nogironlik pensiyalari ham proaktiv shaklda tayinlanadi

1-iyuldan I yoki II guruh nogironligi pensiyalarini alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Prezidentning nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi.

Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlanadi.

Nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdori har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblanadi.

2025-yil 1-oktabrdan davlat pensiya ta’minotiga oid hamda Xalq banki tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq Endi O‘zbekistonda yoshga doir pensiya proaktiv shaklda tayinlanishi haqida xabar berilgandi.

19-may kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat pensiyani fuqarolar murojaatisiz avtomatik tarzda tayinlashni nazarda tutadi hamda bu ular pensiya yoshiga to‘lgan kunning o‘zida ko‘rib chiqiladi.

Ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning fevral oyida qabul qilinib, Senat tomonidan aprel oyida ma’qullangandi.

Pensiyani avtomatik tarzda tayinlash

2023-yilning noyabr oyida qabul qilingan prezident qarori bilan joriy yilning 1-martidan yoshga doir pensiyalarni avtomatik tarzda tayinlanishi belgilangandi. Ushbu qonun loyihasi joriy yilning fevral oyida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.

Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Kamoliddin Hojibekov proaktiv shakl qanday bo‘lishi, ma’lumotlar qanday avtomatik tarzda olinishi hamda xorijdagi va ish stajiga ega bo‘lmaganlar nima qilishi haqida so‘zlab bergandi.

Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlashda fuqaroning oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun ish haqining eng yuqori miqdori avtomatik ravishda aniqlanadi. YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mehnat qilayotganlarning faoliyati ham ish stajiga qo‘shiladi. Senator Abdusaid Kuchimovning qayd etishicha, o‘zgarishlar bir yilda o‘rtacha 250 ming nafar fuqaroning mablag‘ va vaqtini tejaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...