Matbuot xizmatiYangiliklarEndi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, bank filiallari faoliyatini...

Endi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, bank filiallari faoliyatini o‘rganadi

1-fevralgacha tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Har bir mahallada ularning “yordamchi-agentlari” tayinlanadi.

3-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

16-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tegishli topshiriqlarni bergandi. Shundan kelib chiqib, 2025-yilda jami 5,2 mln nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 mln nafardan ziyod aholini band qilish rejalashtirildi.

Buning uchun 208ta tuman va shaharlar hokimlari hamda banklar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolanib, tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tildi. Har bir mahalla bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan $1 mlrd kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi.

Loyiha ishlab chiqish, kredit ajratish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman banki rahbariga oyma-oy samaradorlik ko‘rsatkichi qo‘yildi.

Endi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, joylardagi bank filiallarining mahallalardagi ishini yangicha yondashuv asosida tashkil qiladi. Joriy yilning 1-fevraligacha tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

Hududiy banklar hamda tuman hokimlari aholini tayyor biznes loyihalari bilan tanishtirib boradi, ularni amalga oshirish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.

Shuningdek, “online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan rahbarlarga chora ko‘riladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, seleksiya va tayyorgarlik tizimini takomillashtirish...

Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yanada kengaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Bugungi...

O‘zbekistonda 4−5 nafar xorijiy investor islomiy bank ochishi mumkin — Markaziy bank

O‘zbekistondagi islomiy bank faoliyatiga bir qancha xorijiy investorlar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib...

Moliyaviy ahvoli og‘ir tadbirkorlarning kredit to‘lovlari kechiktirilib, qarzdorligi restrukturizatsiya qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish va moliyaviy ahvoli og‘ir tadbirkorlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda moliyaviy ahvoli...

O‘zbekistondagi 10 ta OTM milliy tadqiqot universiteti maqomini oladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda oliy taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifatini...

O‘zbekistonliklar bir yilda yarim tonnadan ko‘proq oltin quymalar sotib oldi

O‘zbekistonliklar bir yilda yarim tonnadan ortiq oltin quymalar xarid qilgan. Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘lchovli oltin quymalar bozori sharhida keltirilgan. Oxirgi olti yilda o‘lchovli...