Matbuot xizmatiYangiliklarDavlat organlarida ijro intizomini nazorat qilish uchun sun’iy intellekt qo‘llaniladi

Davlat organlarida ijro intizomini nazorat qilish uchun sun’iy intellekt qo‘llaniladi

Hisob palatasi farmon, qaror va farmoyishlar doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini tahlil qiladi.

Shavkat Mirziyoyev davlat organlari va muassasalarida ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Farmonda ijro intizomini tashkil etish sohasidagi bir qator asosiy yo‘nalishlar belgilangan. Xususan, qonunlar, davlat rahbarining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilgan.

Ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas’uliyati oshiriladi. Bundan tashqari, ijro intizomi nazorati tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Hisob palatasiga qo‘shimcha vazifalar yuklanadi, jumladan:

  • qonunlar, farmonlar, qarorlar va farmoyishlar doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini hamda ularning aholi va tadbirkorlik uchun samaradorligini tahlil qilish;
  • intizomni mustahkamlash, mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish, islohotlar natijalariga erishish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • qonun hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

Buning uchun 1-sentabrdan Hisob palatasiga qo‘shimcha 10 ta shtat birligi beriladi. Ular Pensiya jamg‘armasidagi shtatlarni qisqartirish hisobiga ta’minlanadi.

Xuddi shu sanadan boshlab davlat organlarining ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan tuzilmalari bevosita birinchi rahbarlarga bo‘ysunadi.

Ularning xodimlari Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida har 3 yilda malaka oshiradi.

Uchala tashkilot ham vaziyatni baholash amaliyotini joriy etadi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 20 kishidan iborat Prezident va hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...