Matbuot xizmatiYangiliklarDavlat korxonalari boshqaruv xodimlari soni 10% gacha qisqartiriladi

Davlat korxonalari boshqaruv xodimlari soni 10% gacha qisqartiriladi

2026-yilda davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxi kamaytiriladi.

Prezident davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha farmoyishni imzoladi. Hujjat Lex.uz‘da eʼlon qilindi.

Farmoyishni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — 2026-yilda davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyati samaradorligini oshirish.

Hujjatga ko‘ra, davlat korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Unga muvofiq, xarajatlarni har chorakda qayta tahlil qilish (spending review) orqali kelgusi davrdagi har bir yo‘nalish ustuvorligidan kelib chiqib, byudjet to‘liq “noldan” qayta ko‘rib chiqiladi.

Tejamkor ishlab chiqarish va meʼyorlash tamoyillari joriy etiladi. Shuningdek, davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi.

Komissiyaning asosiy vazifalari etib davlat korxonalariga xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha dasturlar tayyorlashda metodologik yordam berish belgilandi.

Shu bilan birga, komissiya to‘lov tizimini takomillashtirish orqali debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish bilan shug‘ullanadi.

Farmoyishga ko‘ra, davlat korxonalari boshqaruv xodimlari sonini 10% gacha qisqartirish bo‘yicha Prezident administratsiyasiga taklif kiritish belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy investitsiya jamg‘armasi hamda Davaktiv 2025-yil 1-dekabrgacha 2026-yil uchun tegishli korxonalar rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi. Ular tasdiqlash uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga kiritiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi ikki barobarga, ipoteka kreditlari esa 10 barobarga oshiriladi

Yangi qo‘mita urbanizatsiya, uy-joy qurilishi va renovatsiya jarayonlarini yagona tizimda boshqaradi. 20-noyabr kuni O‘zbekistonda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan uy-joy...

O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir finalida Eronni mag‘lub etdi

Birlashgan Arab Amirliklarning Al-Ayn shahrida o‘tkazilgan Al Ain Cup xalqaro turniri finalining asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozondi. Birlashgan Arab Amirliklarning Al-Ayn shahrida...

O‘zbekistonda bino va inshootlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha talablar kuchaytiriladi

Loyihalashtirish jarayonida mintaqaviy akselerogrammalar bazasidan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy...

2026-yildan biznes uchun litsenziya olishda 20 kunlik baholash xizmati ishga tushadi

Mansabdor shaxslar litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma‘muriy javobgarlikka tortilmaydi. Avvarloq prezident O‘zbekistonda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar...

Markaziy Osiyo mamlakatlari birgalikda Made in Central Asia brendini yaratmoqchi

Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 13-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mamlakatlarining...

O‘zbekistonda sinov tarzida 1 trln so‘mlik ipoteka obligatsiyalari chiqariladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalari emissiyasi va muomalasi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Nizom sekyuritizatsiya jarayonlarini,...