Foydali manbalarBiznes haqidaBiznes aslida nima? "Biznes" so'zining ma'nosi qanday?

Biznes aslida nima? «Biznes» so’zining ma’nosi qanday?

«Biznes» atamasi ilk bor XVIII-asrning oxiri, XIX-asrning boshlarida paydo bolgan. «Biznes» sozi inglizcha «business» sozidan olingan bolib, «ish», «mashgulot» degan manoni bildiradi. Biznes – bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan, tirikchilik vosidasidir. Biznesning ilk korinishlari kishilarning ongli hayoti boshlangan davrlardayoq namoyon bolgan. Misol uchun, qadimda odamlar ozining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi. Yoki boshqa bir tovarni oz ehtiyojiga qarab qolhdagi biror mahsulotga almashtirib olishardi. Shu tariqa biznes, bank, ombor, birja va boshqa tijorat bilan bogliq tarmoqlar paydo boldi. Demak, biznes biron kishining istemolchi uchun foydali bolgan tovarni ishlab chiqarishga yonaltirgan bilimi va tijoriy faoliyatlar tizimidir.

Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oz aksini topadi. Biznes reja oz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 bolimdan iborat asosiy qismga bolinadi. Biznes reja da loyiha boyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini taminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli bolgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi togrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yol bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliy huquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boyicha barcha malumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari korsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish haqqi va boshqalar) oz ifodasini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning ozi («birinchi rahbar»), firma (xojalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar korigidan otkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos bolib xizmat qiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihaning birinchi bosqichida $2,5 mlrd sarmoya hisobiga aerovokzal va aerodrom qurilib, yiliga 20 mln yo‘lovchi, 129 ming tonna yuk va soatiga 30 ta parvozga xizmat ko‘rsatish imkoniyati...

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...