Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda biznes uchun kunduzgi elektr tarifi pasaytirilib, tungisi oshiriladi

O‘zbekistonda biznes uchun kunduzgi elektr tarifi pasaytirilib, tungisi oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil may oyida tasdiqlagan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. O‘zgarishlar asosan biznes tomonidan iste’mol qilinadigan energiya resurslari uchun to‘lov tartibi va shartlariga taalluqli.

Xususan, I guruh elektr energiyasi iste’molchilari (yirik sanoat korxonalari va budjet tashkilotlari) tungi vaqtda (22:00 dan 06:00 gacha) umumiy tarif bo‘yicha, yarim tig‘iz davrlarda esa 1,5 barobar pasaytiruvchi koeffitsiyent bilan to‘lov qiladi. Avval tartib aksincha edi: yarim tig‘iz davrda umumiy tarif, tunda esa 1,5 barobar arzonlashtirilgan tarif amal qilgan.

1-iyundan I guruh uchun 1 kVt·soat elektr energiyasi 1100 so‘mlik umumiy tarifda hisoblanmoqda. Yarim tig‘iz davrlarda esa tarif taxminan 733 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, elektr energiyasi va gazning “namunali iste’molchisi” tushunchasi joriy etiladi. Ushbu maqom quyidagi shartlarga rioya qilgan tadbirkorlarga beriladi:

  • elektr energiyasi (ASKUE) va gazni (ASKUG) avtomatik nazorat qilish va hisobga olish tizimlariga ulangan bo‘lish;
  • masofadan boshqarish imkoniyatiga ega hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lishi;
  • avvalgi ikki oy davomida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lish;
  • energiya resurslaridan foydalanish sohasida qoidabuzarliklar bo‘lmasligi.

“Namunali iste’molchilar” elektr energiyasi va gaz uchun har oy shartnomadagi hajmning 15% i miqdorida oldindan to‘lov qilishi mumkin. Qolgan mablag‘ iste’mol hajmiga qarab to‘lanadi. Avval 100% oldindan to‘lov talab qilingan.

Agar “namunali iste’molchi»ning ASKUEdagi billing hisobida mablag‘ qolmasa, elektr ta’minoti avtomatik ravishda to‘xtatiladi. To‘lov amalga oshirilgach, elektr ta’minoti ham avtomatik ravishda qayta tiklanadi.

Bloger va iqtisodchi Otabek Bakirov yarim tig‘iz davrlarda tariflarning pasayishi va tungi tariflarning oshishini elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibidagi o‘zgarish bilan bog‘ladi.

Hozir elektr energiyasining asosiy qismi kunduz kuni quyosh va shamol elektr stansiyalarida, tunda esa qimmatroq gaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Kredit uchun garov talabi yengillashtiriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat banklarini mijozlar biznesini o‘stirish tamoyili asosida...

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni chiqaradi

Markaziy bank Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Tangalar Ikki tanga — bir...

O‘zbekistondagi har bir mahalla uchun “yashil xarita” ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev Yashil makon umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va innovatsion yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan...

Innovatsion startaplar davlatdan 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ jalb qilishi mumkin. Shartlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida islohotlar loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Loyiha startaplarni saralash va moliyalashtirish...

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...