Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda yer ijara shartnomasini uzaytirish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda yer ijara shartnomasini uzaytirish tartibi tasdiqlandi

Endilikda arizalar DXM yoki Yagona portal orqali yuboriladi. Xizmat uchun 4 120 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

Yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli reglament hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Hujjat yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Ariza beruvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishi mumkin.

Arizaga avval rasmiylashtirilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi ilova qilinadi. Agar murojaatni boshqa shaxs topshirsa, yer uchastkasi ijarachisi nomidan berilgan ishonchnoma ham taqdim etilishi kerak.

Ijaraga beruvchi tegishli vakolatli organlarning maʼlumotlarini olganidan so‘ng 10 ish kuni ichida yer uchastkasidan muntazam ravishda foydalanilmayotgani to‘g‘risida maʼlumot mavjudligini tekshiradi.

Shuningdek, ariza kelishilgani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi maʼlumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni ariza beruvchiga yuboradi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1%i (4 120 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Yerning ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan imzolangandan so‘ng avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...