Matbuot xizmatiYangiliklarTadbirkorlarga xorijiy turistlarni jalb qilish xarajatlarining 25%igacha qismi qoplab beriladi

Tadbirkorlarga xorijiy turistlarni jalb qilish xarajatlarining 25%igacha qismi qoplab beriladi

Mamlakatdagi 839 ta madaniyat markazini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish hamda ular faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilish taklif qilinmoqda.

16-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand shahrida 9 gektar maydonda yangi Ipak yo‘li muzeyini barpo etish rejasi ko‘rib chiqildi. Loyihaga ko‘ra, muzey ekspozitsiyasi arxeologiya, tasviriy san’at, amaliy san’at materiallarini qamrab olgan 6 mingdan ziyod noyob eksponatlarni birlashtiradi.

Muzeyda doimiy va vaqtincha ko‘rgazmalar uchun ekspozitsiyalar, 160 o‘rinli auditoriya, bolalar akademiyasi, konservatsiya va tadqiqot markazi, katta hajmli saqlov xonalari ham tashkil qilinadi.

Taqdimotda aholini madaniyat muassasalariga keng jalb qilish, ularning mazmun-mohiyati va ish uslubini yangilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bois, mamlakatdagi 839 ta madaniyat markazini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish, binolarini yangilash, faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilish, bu borada jozibadorlikni oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. 2030-yilga qadar madaniyat sohasiga 1 trln so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

San’at sohasida iqtidorli yoshlarni erta aniqlash, ularni quyi sinflardan maqsadli o‘qitish, o‘qish joyida yashab ta’lim olishi va ijod bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish muhim vazifa sifatida belgilandi. Andijon yoshlar simfonik orkestri hamda Tumor raqs ansambli faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bildirilgan takliflar ma’qullandi.

Mediamakonda milliy kontentlarni ko‘paytirish, sun’iy intellektdan oqilona foydalangan holda milliy madaniyat haqida ma’lumotlar bazasini kengaytirib borish zarurligi ta’kidlandi.

Shu yil boshidan O‘zbekistonga 3 mlnga yaqin sayyoh kelib, o‘sish 37% ga, turizm xizmatlari eksporti esa 48% o‘sib, $1,1 mlrdga yetdi. 2030-yilgacha 20 mln xorijiy sayyohni jalb qilish, 2026-yilda esa 12 mln turistga xizmat ko‘rsatish maqsad qilingan.

Endilikda har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, uning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha manzilli dasturlarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va sohani loyihaviy boshqaruv asosida tashkil etish choralari ko‘rib chiqildi.

Xususan, 2026−2027-yillarda hududlarda 31 ta master-rejani amalga oshirishni boshlash, 40 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish, joylashtirish vositalari sonini 8 250 taga, turizm qishloqlari va mahallalarining umumiy sonini 84 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Yangi sayyohlik mahsulotlarini shakllantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator mexanizmlar ko‘zda tutilgan.

Xorijiy turistlarni jalb qilishga qaratilgan targ‘ibot xarajatlarining 25% gacha, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan qismi qoplab berilishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, turistlar uchun madaniy-ommaviy va sahnalashtirilgan tomoshalarni tizimli yo‘lga qo‘ygan xususiy tadbirkorlarni rag‘batlantirish, servis sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida amaliy o‘quv kurslarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Taqdimotda mamlakat turizm salohiyatini xalqaro bozorda keng targ‘ib qilish bo‘yicha yangi yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni puxta ishlab chiqish, ularni aniq hisob-kitob va rejalar asosida amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...