Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror bilan mamlakatda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan iqtidorli qizlarni rag‘batlantirish choralari belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tavsiya etilgan iqtidorli qizlarni mukofotlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. Ular a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, shuningdek, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun mukofot bilan taqdirlanadi.
Hujjatda mukofot sohibalariga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida diplom va ko‘krak nishonlari topshirilishi belgilangan. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har bir sovrindorga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (20 mln 600 so‘m) pul mukofoti berilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mukofot sohibalarining ibratli faoliyati, noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etildi. Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov hamda prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev zimmasiga yuklatildi.
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar:
- Satniyazova Indira Qaniyaz qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
- Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
- Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi — Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)
- Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi — Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)
- Ergashova Mehriniso Husniddin qizi — Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)
- Fayzullayeva Vazira Xamidovna — Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)
- Tursunova Visola Behzodovna — Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
- Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining tabiiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri (Jizzax viloyati)
- Murodova Marjona Shuxrat qizi — Bojxona institutining xalqaro hamkorlik bo‘limi inspektori (Qashqadaryo viloyati)
- Amirova Latofat Bahrom qizi — Erkin ijodkor, shoira (Qashqadaryo viloyati)
- Qudratova Mashxura Fazliddin qizi — Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)
- Haydarova Laziza Nabijon qizi — Navoiy davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)
- Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qizi — M.Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli balet artisti (Namangan viloyati)
- Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
- Mamedova Amaliya Parvizovna — Samarqand shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)
- Tohirova Mohigul Umir qizi — Samarqand davlat universitetining amaliy psixologiya kafedrasi assistenti (Samarqand viloyati)
- Mingboyeva Zulxayo Ulug‘bek qizi — Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)
- Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi sozandasi (Sirdaryo viloyati)
- Ibrogimova Nodira Jurabekovna — Toshkent shahridagi “Shkola 21” nodavlat ta’lim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati)
- Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)
- Uralova Gulhayo Baxodir qizi — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich tayanch doktoranti (Toshkent viloyati)
- Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi — Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabining badiiy kashtachilik o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)
- Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi — Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farg‘ona viloyati)
- Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi — Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)
- Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi — Urganch davlat tibbiyot institutining katta o‘qituvchisi (Xorazm viloyati)
- Do‘smetova Shahzoda Do‘smet qizi — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm viloyati bo‘limi maqom xonandasi (Xorazm viloyati)
- Saranseva Anastasiya Olegovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)
- Mavlonova Sevinch Sanjar qizi — “Yangi O‘zbekiston” universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri)
