Matbuot xizmatiYangiliklar2026-yilda O‘zbekneftgazga geologiya-qidiruv ishlari uchun 30 ta hudud beriladi

2026-yilda O‘zbekneftgazga geologiya-qidiruv ishlari uchun 30 ta hudud beriladi

Yaqin kunlarda neft-gaz sohasini transformatsiya qilishni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasi tayyorlanadi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekneftgaz kompaniyasi faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari O‘rol Yusupov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida yig‘ilishda geologiya-qidiruv ishlari hajmini oshirish va yangi konlarni o‘zlashtirish masalalari muhokama qilinganini qayd etdi. Jumladan, energiya resurslari ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

“Mamlakatimiz hududidagi istiqbolli maydonlarda 2026-yildan boshlab geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish evaziga kamida 30 ta shunday hududni O‘zbekneftgaz ixtiyoriga berish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab berildi”, — dedi u.

Buning uchun Geologiya vazirligi 2D va 3D seysmik modellashtirish hajmini tezlashtirib, O‘zbekgeofizika’ning moddiy-texnik bazasini kengaytiradi hamda geologiya-qidiruv ishlarini ko‘paytirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirining neft-gaz sohasiga mas’ul o‘rinbosari Xurshed Mustafoyevning ma’lum qilishicha, tadbirda geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, O‘zbekneftgaz’ning moliyaviy holatini yaxshilash, foydasini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch kun muddatda prezidentning tegishli qarori loyihasi tayyorlanadi, unda belgilangan vazifalar doirasidagi maqsadli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi.

O‘zbekneftgaz boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginovning ma’lum qilishicha, prezident tabiiy gaz zaxirasini oshirish, qazib olish hajmini ko‘paytirish orqali mavjud quvvatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Buning uchun neft-gaz sohasini chuqur transformatsiya qilish, sohani raqamlashtirish va kompaniyaning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish hamda xarajatlarni qisqartirish rejalashtirilgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish ishlari bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish ishlari bilan tanishdi. Bugun mamlakatlarning raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslar, balki inson...

O‘zbekiston IT-ta’limni rivojlantirish uchun Janubiy Koreyadan $14 mln oladi

Koreya xalqaro taraqqiyot agentligi (KOICA) O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasidagi ta’limni rivojlantirish uchun grant ajratadi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi. IT-ta'lim ekotizimini takomillashtirish tashabbusi yoshlar tadbirkorligi...

Biznes tarixi: Napoleon III’ning rafiqasi tanlagan Louis Vuitton sandiqlari

Louis ismli o‘spirinning Parijga piyoda orzulari sari qilgan ilk safari Louis Vuitton yaratilishiga sabab bo‘lgan. Bolakay katta shaharda sandiq yasashni o‘rganish uchun usta Mesyega...

Joriy yilda Toshkentda 18 ta yangi gastronomik ko‘cha ochiladi

23-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur loyiha...

Davlat xizmati, grant va foizsiz ssuda: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eʼlon qilindi

Avvalroq prezidentning Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasini 2026−2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida...

20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi, eng yaxshilariga 206 mln so‘mgacha qarz beriladi

Prezidentning Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasini 2026−2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi. Hujjat bilan, 2030-yilgacha 20 ming nafar...