Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda sinov tarzida 1 trln so‘mlik ipoteka obligatsiyalari chiqariladi

O‘zbekistonda sinov tarzida 1 trln so‘mlik ipoteka obligatsiyalari chiqariladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalari emissiyasi va muomalasi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Nizom sekyuritizatsiya jarayonlarini, buning uchun pulga kiritiladigan ipoteka kreditlariga qo‘yiladigan talablarni, ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va ularning muomalasi, shu jumladan REPO operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Shu bilan birga, u bank-originatorlar, maxsus vakolatli tashkilot, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi, ILMA, Markaziy depozitariy va sekyuritizatsiya bitimining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini tartibga soladi.

O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli tashkilot — UMRC SPV mamlakatning beshta banki tomonidan berilgan ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiya qilish orqali 1 trln so‘mlik ipoteka obligatsiyalarini sinov tariqasida chiqaradi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...