Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda aholi va tadbirkorlar uchun yashil elektr tariflari 2026-yildan joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlar uchun yashil elektr tariflari 2026-yildan joriy etilishi mumkin

Energosavdo korxonasi chiqindi, biogaz, shamol va quyoshdan olingan ortiqcha elektrni belgilangan tarif asosida xarid qiladi.

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab “yashil” elektr energiyasi uchun yangi tariflar joriy etilishi mumkin. Bu haqdagi tegishli qaror loyihasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qaror tadbirkorlarning chiqindi va biogazdan hamda o‘z hududidagi shamol va quyosh qurilmalaridan oladigan elektr energiyasi uchun “yashil tariflar»ni joriy etishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, aholining davlatga sotayotgan ortiqcha “yashil” energiyasi uchun ham “yashil tariflar” belgilanadi.

Yuridik shaxslar uchun “Yashil tarif»lar quyidagi tartibda joriy etilib, narxlar II tarif guruhi uchun belgilangan miqdor asosida hisoblanadi:

  • dan 5 MVtgacha chiqindini termik utilizatsiya qilish orqali ishlab chiqarilgan 1 kVt/soat elektr — 80%i;
  • xuddi shunday tartib biogazni yoqish orqali ishlab chiqarilgan energiya uchun ham qo‘llaniladi — 80%;
  • yuridik shaxslarning 5 MVtgacha shamol va quyosh manbalaridan o‘z ehtiyojidan ortiq ishlab chiqarilgan elektri uchun — 70% i.

Elektr energiyasi Energosavdo korxonasi tomonidan xarid qilinadi, korxona bilan shartnoma kamida 10 yilga muddatga tuziladi.

Uning shartlarida quyidagi kafolatlar nazarda tutiladi:
  • har oy yakuni bilan yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan energiya hajmi keyingi oyning 15-sanasigacha hisob-kitob qilinishi;
  • to‘lovlar hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay berilishi.
  • Aholiga o‘z hududida quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan quyosh va shamol stansiyalarida ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr uchun “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarif (1 kVt/soat uchun — 1000 so‘m) miqdorida budjetdan subsidiya ajratiladi. Amalda har bir kVt/soatiga yagona summa — 1 000 so‘mdan beriladi.

Loyiha bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Fikr-mulohazalar 8-noyabrgacha qabul qilinadi.

Yil boshida 1-apreldan aholi va tadbirkorlar uchun elektr energiyasiga “yashil” tariflar joriy etilishi ma’lum bo‘lgandi. Chiqindilar utilizatsiyasi hamda shamol va quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar qo‘llaniladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...