Matbuot xizmatiYangiliklar2026-yildan O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam qilib qo‘yishga ruxsat beriladi

2026-yildan O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam qilib qo‘yishga ruxsat beriladi

Uzavtomoto belgiga aholi talab va taklifidan kelib chiqib, avtomototransport vositalari uchun “noyob” davlat raqami belgilarini elektron savdolarda sotish huquqi berildi.

Hukumatning 4-sentabrda qabul qilingan qarori (VMQ-562) bilan O‘zbekistonda ismni avtomobil raqami qilib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Uzavtomotobelgi davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun “noyob” davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolari orqali berish huquqi berildi.

Ushbu tartib 2026-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladi hamda auksionda oltitagacha harf yoki raqamlar kombinatsiyasidan iborat avtomobil raqamini sotib olish mumkin bo‘ladi.

Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.

Masalan, endi ko‘chalarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli mashinalarni ko‘rish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda birinchi biznes farishta dasturi yo‘lga qo‘yildi

Dastur doirasida 15−16 sentabr kunlari onlayn “workshop” bo‘lib, unda biznes farishta bo‘lish jarayoni, investitsiya mezonlari haqida ma’lumot beriladi. IT Park Uzbekistan va StartupBase “Uzbekistan Angels Program” dasturini ishga...

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yil boshidan beri 29 foizga oshdi

Global noaniqliklar qimmatbaho metalga talabni oshirayotgani sabab oltin narxi rekord darajaga yetdi. Bu Markaziy bankning oltin quymalari narxlarida ham aks etmoqda. Quymalar narxi oshishi...

2026-yildan fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi

Imtiyoz paxta va g‘alladan tashqari sotilgan meva-sabzavot, go‘sht, sut, tuxum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tatbiq etiladi. Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat...

Yangi xalqaro aeroport uchun Toshkent viloyatidan 1300 gektar yer ajratiladi

Uning 60%i — 790,76 gektari O‘rta Chirchiq, 519 gektari esa Quyi Chirchiq tumanidan olinadi. Toshkentning yangi xalqaro aeroporti uchun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan...

Paxta terimi uchun tavsiyaviy narx 2 ming so‘m etib belgilandi

Fermerlarga paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun har 1 kg paxtaga 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “Paxta terimi uchun 1 kilogrammiga...

O‘zbekistonliklar 25-sentabrdan Iordaniyaga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

Vizasiz rejim to‘g‘risidagi kelishuv 26-avgust kuni imzolangandi. Fuqarolar qirollikda 30 kungacha vizasiz qolishlari mumkin. O‘zbekiston fuqarolari 25-sentabrdan boshlab Iordaniyaga vizasiz borishlari mumkin. Bu haqda Tashqi ishlar...