Matbuot xizmatiYangiliklarPaxta terimi uchun tavsiyaviy narx 2 ming so‘m etib belgilandi

Paxta terimi uchun tavsiyaviy narx 2 ming so‘m etib belgilandi

Fermerlarga paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun har 1 kg paxtaga 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “Paxta terimi uchun 1 kilogrammiga 1 800 so‘m to‘lanadi” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi hamda rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan.

Joriy yilda mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kg uchun narx 1 373 so‘mni tashkil etadi. Qo‘lda terilgan paxtaning 1 kg uchun 2 000 so‘m tavsiyaviy narx belgilangan.

Bunda terim vaqtida klaster, fermer xo‘jaligi rahbarlari va terimchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida narxni mustaqil belgilash amaliyoti qo‘llaniladi.

Shuningdek, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat budjeti hisobidan 1 kg paxta uchun 1 000 so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

Vazirlik bu paxta yetishtiruvchilar manfaatini himoya qilish, terimchilar mehnatini rag‘batlantirish va agrar sohada barqarorlikni ta’minlashga qaratilganini qayd etdi.

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda jahon bozorida paxta narxining keskin tushishi bugun boshlanmaganini, iqtisodiy kompleks ilmiy tashkilotlar bilan birga bu borada turli xil ssenariylar va yechimlarni tayyorlab qo‘ygan bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda tolani qayta ishlash quvvati yetarli bo‘lmagan ayrim “uddaburonlar” davlatning arzon resursi hisobiga paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotgani tanqid qilindi.

Shuningdek, paxtani o‘z vaqtida, nobud qilmay terib olish uchun fermerlarga tonnasiga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi. Korxonalar o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10%i qoplab beriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...