Matbuot xizmatiYangiliklarEndi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda o‘zini o‘zi band qilganlik hisobga olinmaydi

Endi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda o‘zini o‘zi band qilganlik hisobga olinmaydi

Oliy ta’lim muassasalari ular to‘plagan ballari asosida moliyalashtiriladi. Agar ularning jami ballari 85% ga yetsa, budjetdan 20% lik bonus beriladi. 56% dan kam bo‘lsa, moliyalashtirish qisqaradi.

Avvalroq prezident raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Davlat rahbari rektorlar vakolatini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Endilikda, Yangi O‘zbekiston universitetining baholash tizimi oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. Moliyalashtirish ular to‘plagan ballariga qarab amalga oshiriladi. Baholash quyidagicha belgilanadi:

  • bitiruvchilar bandligiga qarab — 40 ball;
  • ilmiy tadqiqotlar uchun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotishiga qarab — 30 ball;
  • ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uchun — 20 ball;
  • tadqiqotlar uchun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uchun — 10 ballgacha.
  • Masalan, Qarshi texnika universiteti jami ballarning 85%ini to‘plasa, bu yilgi budjetdan berilayotgan 78 mlrd so‘mga qo‘shimcha 20% lik bonus beriladi. Agar 56% dan kam to‘plasa, keyingi o‘quv yiliga moliyalashtirish qisqaradi.

Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va san’at, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yo‘nalishidagi amaliy oliygohlar bilan tenglashtirib bo‘lmasligi qayd etildi. Mutasaddilarga reyting mezonlarini ishlab chiqishda buni hisobga olish topshirildi.

Bundan buyon bitiruvchilarni ishga joylashda o‘zini o‘zi band qilganlik inobatga olinmasligi belgilandi.

Yangi O‘zbekiston universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi. O‘quv kursida eng yaxshi natija ko‘rsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.

Ko‘p masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barcha oliygohlar tashkiliy va akademik mustaqil bo‘ladi. Ya’ni, rektor o‘rinbosarlarini o‘zi tayinlaydi (amaldagi tartibga ko‘ra, vazirlik bilan kelishish kerak). Bunda har bir nomzod oliygoh kengashida o‘zining yillik dasturini himoya qiladi.

Rektorlar belgilangan moliyalashtirish va shtati doirasida professor-o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlarini o‘zi taqsimlaydi. Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...