Matbuot xizmatiYangiliklarSun’iy intellekt tufayli qanday kasblar yo‘qolib ketishi mumkin?

Sun’iy intellekt tufayli qanday kasblar yo‘qolib ketishi mumkin?

Ular orasida tarjimonlar, tarixchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, styuardessalar, modellar, matematiklar, konserjlar va boshqa intellektual va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari bor.

Microsoft sun’iy intellekt ta’siriga eng ko‘p uchraydigan 40 ta kasb ro‘yxati keltirilgan tadqiqotni e’lon qildi. Bu haqda People Talk nashri xabar berdi.

Ular orasida tarjimonlar, tarixchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, styuardessalar, modellar, matematiklar, konserjlar va boshqa intellektual va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari bor.

sun'iy intellekt, microsoft, tadqiqot

Qayd etilishicha, bugungi kunda ChatGPT kabi til modellari tomonidan vazifalarining bir qismi bajarilayotgan aqliy mehnat vakillari xavf ostida turibdi.

Tadqiqot mualliflari “sun’iy intellektning kasbga qo‘llanilishi” darajasini aks ettiruvchi maxsus indeksni ishlab chiqdilar. Bu indeks algoritmlarning insonni qo‘llab-quvvatlashi yoki o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan darajani ko‘rsatadi.

Microsoft’ning katta tadqiqotchisi Kiran Tomlinson ta’kidlaganidek, tadqiqotning maqsadi ishdan bo‘shatishlar bilan qo‘rqitish emas, balki sun’iy intellektning ish unumdorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishdir.

Tadqiqot AQSh mehnat bozorini qamrab olgan bo‘lsa-da, tahlilchilar bu xulosalar dunyoning ko‘plab mamlakatlariga ham tegishli ekanligiga ishonch bildirmoqdalar.

Shuningdek, tadqiqotda sun’iy intellekt ta’siriga uchramaydigan 40 ta kasb ro‘yxati keltirilgan.

Ular orasida hamshiralar, massajistlar, idish yuvuvchilar, haydovchilar, yo‘l ishchilari, tom yopuvchilar, og‘ir texnika operatorlari, sanitarlar va zavod ishchilari bor.

sun'iy intellekt, microsoft, tadqiqot

Ularning vazifalari jismoniy mehnat, odamlar bilan bevosita muloqot yoki texnikani boshqarish bilan bog‘liq.

Biroq, mutaxassislarning ta’kidlashicha, robototexnika rivojlanishi bilan bu sohalar ham tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketishi ehtimoldan xoli emas.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...