Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda 100 mingga yaqin yoshlar AI study platformasida sun’iy intellektga o‘qitiladi

O‘zbekistonda 100 mingga yaqin yoshlar AI study platformasida sun’iy intellektga o‘qitiladi

Prezident sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetika yo‘nalishlarida 100 ta loyiha amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Avvalroq 30-iyun — Yoshkar kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Davlat rahbari qadriyatlar va madaniyatni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.

“Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi”, — dedi prezident. Tizim samaraligi uchun BAA bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlar sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganishi ko‘zda tutilmoqda.

Hozir maktablarda 19 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘quv dasturlarini yangilashi qayd etildi.

Har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida bu dasturga o‘qitiladi. Ushbu mentor o‘qituvchilar o‘z hududidagi qolgan informatika o‘qituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi. Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari SI bo‘yicha yetarli bilim oladi.

“Raqamli avlod qizlari” tanlovida ta’lim, sun’iy intellekt, “yashil” iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda 7 ming o‘quvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi. Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.

10-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumining yalpi majlisida O‘zbekistonda milliy “Bulutli texnologiyalar” platformasi hamda sun’iy intellekt modeli yaratilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, 20 ta data-markaz qurilishi va “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi ishga tushirilishi qayd etildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

Tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshadi Elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun tariflar: 200 kVt/soatgacha — 1 kVt·soat uchun 300 so‘mdan...

Kitobxon o‘quvchilarga $50 minggacha mukofot beriladi

2026-yildan maktab o‘quvchilari uchun milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi. Tanlovning asosiy bosqichlari viloyat va respublika darajasida tashkil etiladi. Har yili milliy kitobxonlik harakati o‘tkazilib, g‘oliblarga pul mukofoti...

Qurbon hayiti uchun 690 mlrd so‘mlik xayriya va ijtimoiy yordam dasturi tayyorlandi

Og‘ir kasallikka chalingan bolalarda operatsiyalar o‘tkazish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yetim bolalarga moddiy yordam ajratish rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand...

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yagona tizimga o‘tkaziladi

Sohaga mas‘ul idoralarning takrorlanuvchi funksiyalarini maqbullashtirish va xalqaro standartlarga mos tizim yaratiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona davlat boshqaruvi joriy etiladi. Bu bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan...

O‘zbekistonda yer ijara shartnomasini uzaytirish tartibi tasdiqlandi

Endilikda arizalar DXM yoki Yagona portal orqali yuboriladi. Xizmat uchun 4 120 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish tartibi belgilandi....

Ayrim o‘qituvchilarga avia va temiryo‘l chiptalari uchun chegirma berish rejalashtirilmoqda

Chegirma yuqori reytingdagi maktab, texnikum va OTM pedagoglariga yiliga bir marta taqdim etiladi. Transport vazirligi pedagoglar uchun avia va temiryo‘l chiptalariga chegirma berishni nazarda tutuvchi hukumat qarori...