Matbuot xizmatiYangiliklarDavlat xizmatchilarini ishga olishning yangi tartibi belgilandi

Davlat xizmatchilarini ishga olishning yangi tartibi belgilandi

Kelasi yildan davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi.

2026-yildan boshlab davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi. Bu bo‘yicha 20-iyun kuni prezident qarori qabul qilindi.

Bir yillik shartnomadan keyin davlat xizmatchilari faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra ular bilan mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi.

Davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlar majburiy “Davlat xizmatiga kirish” maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘taydi.

Bunda ularning nazariy bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkazilib, ularning tegishli soha va tarmoq bo‘yicha bilimi, hujjatlarni tuzish va davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari, tahliliy, rahbarlik va kommunikativlik malakalari hamda kompyuter savodxonligi aniqlanadi.

Shu bilan birga, qonunchilikdagi yangiliklar, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi, ularning umumiy eruditsiyasi, psixologik diagnozi va intellektuallik koeffitsiyenti (IQ) kabi ko‘rsatkichlari baholanadi.

Diagnostika va faoliyat samaradorligi (KPI) natijalari xodimlarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida yig‘iladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, xodim portfoliosi yaratilib, ular rivojlantirishi lozim bo‘lgan “yumshoq” va “qattiq” ko‘nikmalari bo‘yicha majburiy malaka oshirish, shu jumladan, mustaqil ta’lim olish dasturini o‘taydi.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning xorijdagi malakasini oshirish hamda stajirovkasini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

1-avgustdan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqat argos.uz orqali o‘tkaziladi.

Test sinovlari Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli orqali maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy onlayn proktoring tizimi orqali o‘tkaziladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga tanlovning suhbat bosqichiga davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, OTM, ilmiy tashkilotlar yoki davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlarining vakillaridan ekspertlarni jalb qilish huquqi beriladi.

Agentlik tanlov yakunlariga ta’sir ko‘rsatgan va bartaraf etib bo‘lmaydigan kamchiliklar aniqlansa, tegishli davlat organiga tanlov komissiyasining qarorini bekor qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritishi mumkin.

Shuningdek, qonun bilan 2026-yildan boshlab iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash bo‘yicha Top-100 dasturi joriy etiladi. Unda har ikki yilda bir marta 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...

Shavkat Mirziyoyev Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilishiga start berdi

Qiymati qariyb $2,2 mlrd bo‘lgan loyiha doirasida 282 kilometrlik olti polosali yo‘l, 92 ta ko‘prik va 28 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent —...