Matbuot xizmatiYangiliklarSo‘qoq somsa va Andijon do‘ppisi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

So‘qoq somsa va Andijon do‘ppisi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Bu ularning sifati va madaniy qiymati, shuningdek, tarixiy ildizlarini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.

Adliya vazirligi tomonidan Andijon do‘ppisi hamda So‘qoq somsasi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Andijon do‘ppisi o‘zining yuqori sifatli matolari, nozik naqshlari, o‘ziga xos shakli hamda ramziy va estetik mazmuni bilan ajralib turadi.

Ushbu do‘ppi Andijon viloyatining hunarmandchilik an’analari, kashtachilik maktabi va madaniy ramzlariga asoslangan bo‘lib, xalq orasida o‘ziga xos hurmat va mavqega ega.

So‘qoq somsasi esa Toshkent viloyati Parkent tumaniga qarashli So‘qoq qishlog‘iga xos bo‘lgan milliy taomdir.

Mazkur mahsulot o‘ziga xos tabiiy masalliqlari, xususan, faqat So‘qoq tog‘larida o‘sadigan xalq orasida “mador” nomi bilan tanilgan o‘simlik yoki ismaloqdan tayyorlanishi, shuningdek, ta’mi va xamirining o‘ziga xos usulda tayyorlanishi bilan ajralib turadi.

Andijon do‘ppisining geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning kelib chiqish manbaini, So‘qoq somsasining esa aynan So‘qoq hududiga mansubligini belgilab, ularning sifati va madaniy qiymati, tarixiy ildizlarini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.

“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonun bilan tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

Bundan oldin Tuxum barak geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.

2023-yilning avgust oyida G‘ijduvon shashlik geografik ko‘rsatkich sifatida vazirlik tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Joriy yil boshida uning qatoriga Samarqand noni ham qo‘shildi.

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...

Shavkat Mirziyoyev Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilishiga start berdi

Qiymati qariyb $2,2 mlrd bo‘lgan loyiha doirasida 282 kilometrlik olti polosali yo‘l, 92 ta ko‘prik va 28 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent —...