Matbuot xizmatiYangiliklarTadbirkorlarga yer soliqlari va ijara to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi

Tadbirkorlarga yer soliqlari va ijara to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi

Kafe va restoranlar QQSning bir qismini keshbek sifatida qaytarib olish uchun naqd pulsiz tovar aylanmasi 80% ni tashkil etishi kerak.

Tadbirkorlarga yer soliqlari va ijara to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilmoqda. Bu prezidentning 18-aprel kuni qabul qilingan ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoni bilan belgilandi.

Hujjat bilan, joriy yilning 1-oktabridan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi. 18-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shakarga aksiz to‘lovi olib tashlanishi ma’lum qilingandi.

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xo‘jayevga shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash topshirildi. Buning uchun ushbu kompaniyalar texnologik modernizatsiya qilinadi

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya bir oy ichida ishlab chiqarish uchun muhim xomashyo va uskunalar, jumladan, sut va beton tashuvchi transport vositalari hamda statsionar kuzatuv postlari importida vaqtinchalik bojxona bojlarini kamaytirish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. Bu 20 va undan ortiq ishchisi bor kompaniyalar uchun tatbiq etilib, 2025-yilning 15-iyuli hamda 1-dekabr etib belgilandi.

Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlaridagi tadbirkorlarga foyda solig‘i (2%) hamda ijtimoiy soliq (1%) ni hisoblash uchun belgilangan tartibga qo‘shimcha kiritilmoqda.

Bunda mahsulotlarni sotishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda, shartnomaga muvofiq daval xomashyosini qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromad ham inobatga olinadi. Umumiy ovqatlanish korxonalari to‘langan QQSning bir qismini qaytarib olish uchun oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi 80% ni tashkil etishi kerak. Amalda bu 60% etib belgilangandi.

Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Bojxona qo‘mitasi bilan JST qoidalari asosida elektrotexnika sanoati mahsulotlariga import kvotalarini belgilash, ochiq va shaffof elektron onlayn-auksion tizimi orqali taqsimlash tartibini joriy etish bo‘yicha hukumatga taklif kiritish topshirildi.

Joriy yil boshidan joriy qilingan restoran va kafelarga QQSni “keshbek” sifatida qaytarish tizimidan hozirgacha faqat 69 ta umumiy ovqatlanish korxonasi foydalangan. Prezident Soliq qo‘mitasiga ushbu tartibdagi tushunmovchiliklarni tartibga solishni topshirdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...