Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $43,14 mlrdga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $43,14 mlrdga yetdi

O‘z navbatida, oltin qiymati ham rekord ko‘rsatkichini yangiladi — $33,36 mlrd.

Oktabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan. Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari bir oyda $2 mlrddan ortiqqa oshib, $43,14 mlrdni tashkil etdi. Bu ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan keyingi davr uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Buning asosiy sababi oltin zaxiralarining davom etayotgan o‘sishi bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘z navbatida, uning qiymati ham rekord ko‘rsatkichini yangiladi — $33,36 mlrd yoki o‘tgan oyga nisbatan $1,5 mlrdga ko‘p.

Shu bilan birga, zaxiralarning sof hajmi oldingi daraja — 12 mln troya unsiyada (373 tonnadan ortiq) o‘zgarishsiz qoldi. Erkin konvertatsiya qilinuvchi valyutadagi aktivlar hajmi sezilarli darajada oshib, oktabr oyi oxirida $9,22 mlrdni tashkil etdi. Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi $445,5 mlnga oshib, $9,11 mlrdga yetdi. Shundan $414,4 mlni boshqa Markaziy banklar va XVFda, qolgan $8,67 mlrdi esa boshqa xorijiy moliya institutlarida saqlanadi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar narxi bir oy ichida deyarli uch baravar oshib, $100 mlndan oshdi.

Markaziy bankning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakda tartibga soluvchi organ tomonidan oltin xaridi 12%ga o‘sgan. O‘z navbatida, Jahon oltin kengashi (WGC) O‘zbekistonning qimmatbaho metalni sotishdan uni sotib olishga o‘tganini ta’kidlagan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...