Matbuot xizmatiYangiliklar2027 yilda dunyoda birinchi trillioner paydo bo‘lishi mumkin

2027 yilda dunyoda birinchi trillioner paydo bo‘lishi mumkin

Amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bu haqda Informa Connect Academy (ICA) tahlilchilari hisobotiga tayanib The Guardian yozdi.

Tadqiqotchilar Maskning boyligi har yili o‘rtacha 110 foizga oshayotganini hisobga olgan. Bundan tashqari, amerikalik tadbirkor Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon 251 milliard dollar bilan sayyoramizning eng boy odamiga aylangan.

ICA tahlilchilari 2028 yilda ikkinchi trillioner Hindiston konglomerati Adani Group asoschisi va raisi Gautam Adani bo‘lishini taxmin qilmoqda. Forbes USA uni Osiyoning eng boy odami deb hisoblaydi. Uning boyligi o‘sish sur’ati yiliga 123 foizni tashkil qiladi.

Nvidia bosh direktori Jyensen Xuang va indoneziyalik magnat Prajogo Pangestu ham to‘rt yil ichida o‘z boyligini trillion dollarga yetkazish imkoniyatiga ega. Fransuz biznesmeni, LVMH kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno va Facebook bosh direktori Mark Tsukerberg 6 yilda bu marraga yetishi mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...

Shavkat Mirziyoyev Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilishiga start berdi

Qiymati qariyb $2,2 mlrd bo‘lgan loyiha doirasida 282 kilometrlik olti polosali yo‘l, 92 ta ko‘prik va 28 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent —...