Matbuot xizmatiYangiliklarYo‘l harakati bo‘yicha asossiz jarimalar ustidan onlayn shikoyat qilish imkoniyati yaratildi

Yo‘l harakati bo‘yicha asossiz jarimalar ustidan onlayn shikoyat qilish imkoniyati yaratildi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin hamda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash tartibi osonlashtirilmoqda. Bu haqda Yagona portal matbout xizmati xabar berdi.

Endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha e’tirozni onlayn bildirish mumkin.

Xizmatdan Yagona portal yoki uning mobil ilovasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. Ariza beruvchi portalda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi. Qidiruv tizimiga “Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” kalit so‘zlarini kiritgach, kerakli sahifa ochiladi. “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish orqali arizalar jo‘natiladi.

Bunda xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etilmaydi. Arizalar 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi hamda vakolatli organ tomonidan ma’lumotlar tekshiriladi.

Ariza qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi yuzasidan Yagona portal orqali ariza beruvchiga elektron shakldagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.

Mazkur xizmat hozirda sinov tariqasida ishlamoqda hamda undan 1-sentabrdan boshlab to‘liq foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Asossiz tuzilgan bayonnoma yuzasidan IIV YHXXga dalillar ilova qilingan holda elektron ariza yuborish funksiyasini ishga tushirish Vazirlar Mahkamasining 3-iyuldagi qarorida nazarda tutilgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...

Shavkat Mirziyoyev Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilishiga start berdi

Qiymati qariyb $2,2 mlrd bo‘lgan loyiha doirasida 282 kilometrlik olti polosali yo‘l, 92 ta ko‘prik va 28 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent —...