Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda oilalar sariq, qizil va yashil toifalarga ajratiladi

O‘zbekistonda oilalar sariq, qizil va yashil toifalarga ajratiladi

Kambag‘allik darajasi eng yuqori bo‘lgan mahallalarga investitsiya dasturi doirasida 500 mlrd so‘m ajratiladi. Oilani kambag‘allikdan chiqarish rejasini ishlab chiqishda integratsiyalashgan xizmatlar tashkil etiladi.

Avvalroq prezident kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini yaxshilashga qaratilgan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Kambag‘allik bo‘yicha mahalla reytingi yuritiladi. Bu haqda prezident maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unda kambag‘al oilalar ulushi, ishsizlik darajasi hamda migrantlar ulushi yuqori mahallalar bo‘ladi. Hozirda 1000ta mahallada kambag‘allik ulushi mamlakat darajasidan ikki barobar ko‘p (22−35%). 107ta mahallada ishsizlik darajasi 6,8%dan, 169ta mahallada xorijda ishlashga ketganlar ulushi 9%dan yuqorini tashkil etadi. “Kambag‘allik darajasi yuqori mahallalarda alohida yondoshuv asosida infratuzilma va tadbirkorlikni rivojlantirish, lider tadbirkorlarni jalb qilish, bu yerga banklar tomonidan kichik loyihalarni amalga oshirib, mahallani kambag‘allikdan holi hududga aylantirish topshirildi”, — deydi prezident maslahatchisi.

Bundan tashqari, 8 yo‘nalishdagi savollar asosida oiladagi barcha omillar o‘rganiladi. Hokim yordamchilari hamda ijtimoiy xodim tomonidan xonadonga borgan holda 1 oygacha muddat ichida baholanadi.

Mansurbek Olloyorovning qayd etishicha, oilani kambag‘allikdan chiqarish rejasini ishlab chiqishda integratsiyalashgan xizmatlar tashkil etilib, oilani baholaganda bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, bandlik va boshqa turdagi xizmatlar taklif etilishi ko‘zda tutilgan. “Bu yerda eng muhimi — kambag‘allikka tushib qolgan oilani stressdan chiqarish, xulq-atvorini o‘zgartirish, uni harakatga undash bo‘yicha alohida dasturlar kiritish borasida topshiriqlar berildi”, — deydi u.

Oilalar quyidagicha uchta toifaga ajratiladi:

  • Qizil — og‘ir vaziyatdan chiqib ketish imkoniyati past: mehnat qilolmaydiganlar — doimiy yordamga muhtoj bo‘lganlar;
  • Sariq — og‘ir sharoitdagi oilalar: integrallashtirilgan ijtimoiy yordam hamda xizmatlar ko‘rsatib, oilaga yangi imkoniyatlar yaratiladi;
  • Yashil — kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan oilalar: ijtimoiy muammolari bartaraf etilib, oilalar daromadini oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, Olloyorov davlat rahbari alohida respublika darajasida komissiya tashkil etib, kambag‘allikdan qisqartirish dasturining amalga oshirilishini monitoring qilish bo‘yicha topshiriq berganini qayd etdi. Har yili kambag‘allik darajasi eng yuqori bo‘lgan 50ta mahalla tanlab olinadi. Ularga kamida 500 mlrd so‘m kompleks chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun investitsiya dasturi doirasida mablag‘lar ajratiladi.

Mahallalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalarida loyiha ofislari tashkil etiladi.

Avvalroq Jahon banki tahlili 2023-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy tengsizlik kuchayganini qayd etgandi. Xususan, 10% eng boy fuqarolar daromadlari aholining eng kambag‘al qatlamiga nisbatan 5 baravar tez o‘sdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...