Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilmoqda

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilmoqda

Xususan, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 480 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 834 ming so‘m etib belgilanmoqda. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi esa 10%ga oshiriladi.

Prezidentning ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi tegishli farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan, joriy yilning 1-sentabridan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 15%ga oshirilishi belgilangan. Xususan, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 428 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 834 ming so‘m hamda nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori 920 ming so‘mni tashkil etadi.

1-oktabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, bog‘cha, maktab, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 15%ga oshiriladi.

Shu bilan birga, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori ham 15%ga oshiriladi. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori esa 10%ga oshiriladi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 155 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar budjeti hamda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi

Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etiladi.

O‘zbekistonda oxirgi marotaba 2023-yilning 1-dekabridan ish haqi, pensiya va nafaqa miqdorlari oshirilgan. 2024-yilning o‘tgan davrida esa bu amalga oshirilmagandi.

2023-yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5%ga oshirilib, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, ya’ni 13%ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-mayidan pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga — 648 ming so‘mga yetkazildi.

Endi pensiyalar miqdorlari inflyatsiya darajasining o‘sish sur’atlari asosida oshirib boriladi. Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...