Matbuot xizmatiYangiliklarPrezident energiyani tejash va oqilona foydalanishga qaratilgan qonunni imzoladi

Prezident energiyani tejash va oqilona foydalanishga qaratilgan qonunni imzoladi

Energetika vazirligi mazkur sohadagi maxsus vakolatli davlat organ hisoblanadi.

7-avgust kuni prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Mazkur qonun iyul oyida senatorlar tomonidan ma’qullangandi. Hujjat bilan, Vazirlar Mahkamasi mazkur sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. Vazirlik davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi. Shu bilan birga, sohada davlat axborot tizimini yuritadi.

“O‘zenergoinspeksiya” hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Inspeksiya energiyani tejash, oqilona foydalanish va samaradorlikni oshirish, energiya sifatining belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishini ta’minlashi kerak. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

2023-yil sentabrda prezident qarori bilan tasdiqlangan energetikani isloh qilish rejasiga muvofiq, joriy yilning may oyida Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etildi.

2024-yilning 1-yanvarigacha Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tayyorlash rejalashtirilgandi. Regulyator elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish va infratuzilmani yaratish sohasida uzoq muddatli siyosatni shakllantiradi.

Joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda yagona elektr savdosi platformasi yaratiladi. 2035-yilgacha elektr energiyasini aholiga barcha hududlarda bir xil narxda sotish joriy etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...