Matbuot xizmatiYangiliklarPrezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida 10 mingdan ortiq murojaat bildirildi

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida 10 mingdan ortiq murojaat bildirildi

Murojaatlarning asosiy qismi tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha bo‘lgan.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidaga tayyorgarlik jarayonida 5-avgust holatiga ko‘ra, tadbirkorlardan 10 189ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Murojaatlar uzluksiz ishlovchi “Call-markaz»ning 1094 va 1100 qisqa raqamlari hamda taklif2024.uz elektron platformasi orqali qabul qilinmoqda.

Ularning eng asosiy qismi tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bo‘lib, shu paytgacha jami 3 395ta murojaat qabul qilingan.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha 1 759ta, soliq tizimini takomillashtirish — 1 664ta, ishlab chiqarish maydonlari bilan ta’minlash — 1 006ta hamda infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha 812ta tadbirkorlar muammolari qabul qilingan.

Qolaversa, 669ta murojaat tadbirkorlikni tartibga solishni soddalashtirish, 476tasi tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar, 230tasi tadbirkorlar mahsulotlariga bozor topish hamda 178tasi transport-logistika bilan bog‘liq. Ushbu murojaatlarning bugungi kun holatiga 7 986tasi hal etilgan, qolganlari bo‘yicha ijro jarayonlari davom etmoqda. 414tasi esa vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda. Ulardan eng ko‘p qismini Qashqadaryo viloyati hokimligi (19ta) hamda Toshkent shahar hokimligi (10ta) tashkil etadi.

Taqqoslash uchun, 1-avgust holatiga ko‘ra, 9124ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 7069tasi o‘z yechimini topgan, 526tasi hal etilmagan.

Avvalroq tadbirkorlar o‘rtasida narxlar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi. Uning asosida tovar va xizmatlar bozorida iste’mol tovarlarining tannarxini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Bandlik, xorijiy tillar, soliqdan imtiyoz: Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Har yili 10 mingta yosh oilaga imtiyozli ipoteka krediti, o‘quv markaz ochishga foizsiz qarz hamda davlat xizmatlarida chegirmalar beriladi. Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030...

Tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar cheklanadi

1-iyuldan Yagona davlat nazorati tizimi yangilanib, unda nazoratchilarni baholash va noqonuniy tekshiruvlar haqida xabardor qilish mumkin bo‘ladi. 17-aprel kuni prezidentning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash...

Tadbirkorlarga xorijiy turistlarni jalb qilish xarajatlarining 25%igacha qismi qoplab beriladi

Mamlakatdagi 839 ta madaniyat markazini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish hamda ular faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilish taklif qilinmoqda. 16-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan...

1-oktabrdan biznes jarimaning 50%ini bir oyda to‘lasa, qolganidan ozod etiladi

2027-yilda jarimalar to‘g‘risidagi qarorlar reyestri ishga tushirilishi, shuningdek, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ular ustidan shikoyat qilish imkoniyati yaratiladi. Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni moliyaviy jarimalarni qo‘llash...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari yosh grossmeysterimizni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta...

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin korxona jarimalardan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga jarimalarni bir oy muddatda to‘lagan taqdirda 50% lik chegirma berish taklifini ma’qulladi. Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni...