Matbuot xizmatiTadbirlarTadbirkorlik rivoji uchun qo'yilgan yana bir qadam

Tadbirkorlik rivoji uchun qo’yilgan yana bir qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoniga asosan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-26-aprel kunlari “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi boshchiligidagi O‘zbekiston tadbirkorlari delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil qilingan “MUSIAD investitsiyalar forumi”da ishtirok etdi.

“MUSIAD investitsiya forumi”da, shuningdek, 300 dan ortiq turkiy tilli davlatlar yetakchi tadbirkorlari, innovatorlar, yirik investorlar, yosh tadbirkorlar va boshqa yirik kompaniyalar vakillari, turkiy tilli davlatlar davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ham qatnashishdi.

Forum doirasida dunyoda rivojlanayotgan tendensiyalar, yangicha imkoniyatlar va global miqyosdagi muammolar bo‘yicha maslahatlashuvlar, davlatlar o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalar, startaplar va zamonaviy ishlab chiqarish yo‘nalishlarida seminarlar tashkil qilindi,  tadbirkorlar o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazildi.

Umuman olganda, “MUSIAD investitsiya forumi”da Turkiya davlatidan investitsiyalar va texnologiyalar jalb qilish, shuningdek, Turkiyaga investitsiya kiritish istagidagi tadbirkorlar va umuman turkiy tilli davlatlar vakillari bilan hamkorlik, savdo-sotiq, investitsiyalar va startaplar yo‘nalishlarida aloqalarini o‘rnatish istagidagi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Forum:

– kimyo, metallar va qazilma metallar ishlab chiqarish;

– qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish;

– raqamli texnologiyalar;

– energiya mahsulotlarini ishlab chiqarish;

– moliyaviy, konsalting xizmatlar, ta’lim xizmatlari;

– qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;

– mebel ishlab chiqarish;

– sog‘liqni saqlash yo‘nalishi;

– logistika;

– to‘qimachilik va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish;

– ishlab chiqarish texnologiyalari kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Ertaga O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bo‘ladi

18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi va shu kuni O‘zbekiston muzeylarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi, yaʼni kirish tekin bo‘ladi. Muzeylarda o‘nlab bayram dasturlari,...

O‘zbekiston va Xitoy yoshlari o‘rtasida sayyohlik almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi

Ikki mamlakat o‘quvchi yoshlarining qishki va yozgi ta’til mavsumini mazmunli o‘tkazish, ularga O‘zbekiston va Xitoyni yaqindan tanishtirish maqsadida ikki mamlakat bo‘ylab sayohatlar tashkil etishga...

Toshkentda Botir Zokirov memorial muzeyi barpo etiladi

Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, san’at muxlislarini qizg‘in tabrikladi. – Bugun o‘ziga xos...

O‘zbekistonda oltin narxi yana bir gramm uchun 1 mln so‘mdan oshdi

Qimmatbaho metall narxi bir kunda 1,8 foizga, joriy yil boshidan esa deyarli 19 foizga oshdi. Oltin quyma va esdalik tangalar narxi 16 may, payshanba kuni...

Toshkentdagi chorraha va ko‘chalar ta’mirlanadi

Ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarining asosiy qismi joriy yilning sentabrigacha amalga oshiriladi. Toshkent shahridagi qator chorraha va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi. Bu haqda poytaxt...

O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar ma’lum qilindi

2024 yil yanvar-aprel oylarida 2187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi. O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot...