Matbuot xizmatiYangiliklar1-oktabrdan xavflilik darajasi yuqori mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish joriy etiladi

1-oktabrdan xavflilik darajasi yuqori mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish joriy etiladi

Yil yakunigacha shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Texnik tartibga solish axborot tizimi ishga tushiriladi.

27-fevral kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi. Agentlik direktori etib energetika vaziri o‘rinbosari Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov tayinlandi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Joriy yilning 1-oktabridan ishlab chiqarilgan va chetdan olib kiriladigan xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Bunda, mamlakat hududiga olib kirilayotgan mahsulotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma bojxona hududiga kelishidan avval “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga import qiluvchi tomonidan joylashtirilishi shart.

1-sentabrdan Inspeksiyaning davlat inspektorlariga nazorat tadbirlarini tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan oldindan kelishmasdan amalga oshirish vakolati taqdim etiladi.

Xususan, o‘tkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida vakilni majburiy ravishda xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, prezidentning 28-fevraldagi qarori bilan shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-yilgacha “Texnik tartibga solish” axborot tizimi ishga tushiriladi.

1-oktabrdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60%ini chaqirib olish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100%i miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash;
  • talabga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini to‘xtatib turish;
  • mahsulotning majburiy ko‘rsatkichlarga muvofiqligi baholanmasa, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini to‘xtatib turish.

Avvalroq, prezident huzuridagi majlisda 1,2 mingta korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etish muhimligi ta’kidlangandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...