Matbuot xizmatiYangiliklarTovarlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish limiti kamaytirilishi mumkin

Tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish limiti kamaytirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan vaqtda o‘zi bilan bojxona to‘lovlarisiz tovarlar olib kirishi tartibiga o‘zgartirish kiritilish mumkin.

Hozirda, 2018 yildagi qarorga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan quyidagi cheklangan me’yorlari belgilangan:

  • xalqaro aeroportlar orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 2000 AQSh dollari miqdorida;
  • temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 1000 AQSh dollari miqdorida;
  • avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 300 AQSh dollari miqdorida;
  • xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlar uchun bir kalendar oy mobaynida – 1000 AQSh dollari miqdorida.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) orqali bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan miqdorini 300 dollardan 100 dollargacha kamaytirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Bundan tashqari, boj undirmaslikning yana bir sharti kiritilishi mumkin – fuqaro chegaradan tashqarida kamida 2 kun yashagan bo‘lishi kerak.

Manbaning ta’kidlashicha, ayrim tadbirkorlar odamlarga ma’lum miqdorda haq to‘lab, ular orqali bojxona to‘lovlarisiz tovar olib kirayotgani bu masala ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘lgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...