Matbuot xizmatiYangiliklarInsofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi

Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi

Hukumatning 29-dekabrdagi qarori bilan tovar, moliya va raqamli bozorlarda insofsiz raqobat amaliyotlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish Raqobat qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, qo‘mita yo‘nalishlariga normatiy-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash ham kiritildi.

Hujjat bilan, Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi. Metodikaga ko‘ra quyidagilar insofsiz raqobat belgilari hisoblanadi:

  • avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish;
  • raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutloq huquqni olish orqali avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarning realizatsiya qilinishini cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
  • raqobatchi xo‘jalik yurituvchining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, sotuvga taklif qilinayotgan tovarning sifati va iste’mol xossalari;
  • tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari, shuningdek tovardan foydalanishdan kutilayotgan natijalar;
  • tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi haqida, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan uning narxi to‘g‘risida yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish.
  • Bundan tashqari, raqobat belgilariga “eng”, “eng yaxshi”, “birinchi”, “faqat”, “faqatgina” va boshqa orttiruvchi nisbatlardan foydalangan holda solishtirish, raqobatchi xo‘jalik yurituvchining faoliyati yoki uning tovari sifati, narxi va boshqa xususiyatlariga salbiy baho berish orqali o‘zining faoliyati yoki tovari bilan solishtirish kabilar ham kiradi.

Xizmat vazifalarini bajarishi sabab, tijorat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir, shu jumladan fan-texnika, ishlab chiqarish yoki savdoga oid axborot ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan egasining roziligisiz raqobatchi xo‘jalik yurituvchining manfaatini ko‘zlab ulardan foydalanish yoki oshkor qilish, agar ushbu ma’lumotlardan foydalanish yoki oshkor qilishning qonun yoki shartnomada belgilangan oshkor qilish muddati tugamagan bo‘lsa raqobat belgisi sanaladi.

Quyidagilar insofsiz raqobat belgilarini aniqlashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:

  • insofsiz raqobat belgilari mavjud yoki mavjud emasligini baholash;
  • insofsiz raqobat holatini sodir etgan shaxslar doirasini aniqlash;
  • insofsiz raqobat harakatlari raqobatchi yoki uning manfaatini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan sodir etilganligini aniqlash;
  • insofsiz raqobat bo‘yicha dalillarni to‘plash va ularga huquqiy baho berish;
  • insofsiz raqobat holatini yoki uning mavjud emasligini e’tirof etish.
  • Insofsiz raqobat belgilari aniqlangan takdirda, vakolatli organ tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atiladi va ko‘rib chiqiladi.

Xo‘jalik yurituvchilar o‘zlari sodir etgan harakatlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid emasligi to‘g‘risidagi dalillarni taqdim etish, vakolatli organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.

Xo‘jalik yurituvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganlik uchun belgilangan tartibda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...