Matbuot xizmatiYangiliklarTalabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra mazkur qaror qabul qilinsa:

— oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;

— haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;

— talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ikki oy muddatda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:

— sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;

— sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi kursdan boshlab berilishi;

— sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qish davrida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashini inobatga olib, 2024 yilga qadar Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rishi taklif etilmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlar uchun 1%lik soliq stavkasi joriy etiladi

Yoshlar uchun mini-franshiza dasturi ishga tushirilib, 300 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari oliygoh bitiruvchisini ishga olgan...

Prezident qoraqalpog‘istonlik muhandis qizga Volkswagen sovg‘a qildi

Ayzada Asanova jamoasi yaratgan energiya tejamkor elektromobil loyihasini davlat rahbariga taqdim etdi. Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan ko‘rgazmada...

Yoshlar uchun kasb vaucheri joriy etiladi, xususiy texnikumlarga davlat granti beriladi

Har yili 500 ming nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan ekotizim yo‘lga qo‘yiladi. Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari...

O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mlndan oshdi — aholini ro‘yxatga olish natijalari

Dastlabki natijalariga ko‘ra, aholi soni amaldagi statistik ko‘rsatkichlardan 810,6 ming kishiga ko‘paydi. Aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mln kishidan oshdi....

34 nafar nomzod orasida birinchi: o‘zbekistonlik doktorantning xalqaro yutug‘i

Bugungi kunda dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishayotgan yosh vatandoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. Ularning muvaffaqiyatlari nafaqat shaxsiy yutuq,...

O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Pensiyalar va nafaqalar oshiriladi 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7% ga oshiriladi. Bunda yoshga doir eng kam pensiya miqdori...