Matbuot xizmati«O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi matni e’lon qilindi

«O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi matni e’lon qilindi

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e’lon qilindi.

Qonun loyihasi 6 bo‘lim, 155 moddadan iborat.

Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.

Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi.

Avvalroq, Oliy Majlis Senati 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda yangi tahrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagandi.

83 senatordan 80 nafari qarorni qo‘llab-quvvatladi, 1 nafari betaraf qoldi, 2 nafari esa ovoz bermadi. 30 aprel kuni umumxalq referendumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saylov byulletenida «Siz «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savol bo‘ladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Shuningdek, hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Prezidentning 2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish...

Endi investorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi

Mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi $60 mlrddan oshdi. Xalqaro moliya institutlarining $14 mlrddan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga yo‘naltirildi. 2-may kuni Xalqaro kongress markazida...

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

2024 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz. Ko‘p ishlatgan ko‘p to‘laydi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor...

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 30-aprel kuni “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik qilishdan...

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqish bilan birga o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi....

2025-yildan qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

Yuridik shaxslar mazkur faoliyat uchun 4%lik aylanma solig‘ini to‘laydi. Fuqarolar yutuqlari esa daromad solig‘idan ozod etiladi. 19-aprel kuni “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va...