Matbuot xizmatiYangiliklarTadbirkorlik rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siq va g‘ovlar olib tashlanadi

Tadbirkorlik rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siq va g‘ovlar olib tashlanadi

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Uchrashuvda Konstitutsiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarurligi aytildi.

– Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor. Bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim. Ya’ni, sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, buning uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart. Uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yilishi Konstitutsiyada qat’iy belgilanishi darkor, – dedi Prezident.

– Yana bir muhim masala. Taraqqiyotning ko‘p asrlik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz, kuchli ijtimoiy davlatni qurib bo‘lmaydi. Shu bois Bosh qomusimizda xususiy mulk himoyasini ta’minlash uchun, zarur bo‘lgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishimiz lozim. Toki, katta-kichikligidan qat’i nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya,  qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his qilsin.

Rivojlangan davlatlardagi kabi, shunday tartib o‘rnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, o‘zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasin.

Shu bilan birga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqmaslik, hamda bekor qilmaslik masalasini ham, Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilashning vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman.

Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siq va g‘ovlarni olib tashlashimiz zarur.

Shu maqsadda, Konstitutsiyamizda mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishini, davlat ichki va xalqaro savdo rivojlanishi uchun, barcha sharoitlar yaratishini mustahkamlashimiz shart.

Bu, boshlagan islohotlarimiz va davr talabidir!

Shuningdek, tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekanligini Konstitutsiyada mustahkamlashni taklif etaman.

Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda sharoitlarni ta’minlashi, erkin va halol raqobatning himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlashi lozim.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

2025-yildan qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

Yuridik shaxslar mazkur faoliyat uchun 4%lik aylanma solig‘ini to‘laydi. Fuqarolar yutuqlari esa daromad solig‘idan ozod etiladi. 19-aprel kuni “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va...

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi

Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha oylik 8,1 mln so‘m bilan Toshkentga, eng kami esa 3,5 mln so‘m bilan Surxondaryoga to‘g‘ri keladi. 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda...

“Biznes marafon” xalqaro maydonda: Ilk manzil — Istanbul shahri

Yoshlarning ish bilan ta’minlanishi, ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishi va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishi iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bunga esa osonlikcha erishib...

Tadbirkorlik rivoji uchun qo’yilgan yana bir qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoniga asosan...

Toshkent viloyatidagi 20 mingga yaqin bino Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda. Toshkent viloyatidan 20 mingga yaqin binolar Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat...