Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob qilgan iste’molchilar rag‘batlantirilishi mumkin

O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob qilgan iste’molchilar rag‘batlantirilishi mumkin

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga oid ma’lumot iste’molchiga davlat tilida beriladi. Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda, sotuvchi mazkur nuqsonlarni aniqlash uchun tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplashi kerak. Qonun bilan tovarlarni axborot tizimlari orqali realizatsiya qilishda iste’molchi huquqlarini himoya qilish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi iste’molchiga tovarni qaytarib berish joyi to‘g‘risida xabar berishi kerak. Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek, tovarni ko‘zdan kechirish va uni tekshirib ko‘rish maqsadida qadog‘ini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi (yuqoridagi tartiblar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi). Tovarlar uchun haq to‘lash shakliga qarab (naqd pulli yoki naqd pulsiz) tovar narxini oshirish yoki pasaytirish taqiqlanadi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz haq to‘langanda, iste’molchilarga rag‘batlantirishlar berilishi mumkin. Avvalroq UzCard va Humo to‘lov tizimlari 2021-yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunlagani, shu tariqa har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham UzCard ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...