Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxtor Elchilari yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Yoshlar Forumi 2021” yuqori saviyada tashkil etilganligi hamda yoshlarning faol ishtiroki yuzasidan iliq fikrlar bildirib o‘tdilar.
Shuningdek, ilk bora “O‘zbekiston Yoshlar Forumi 2021” dunyoning 6 ta rivojlangan davlatlarida jumladan: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreya mamlakatlaridagi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilariga ushbu forumni o‘tkazishda yaqindan yordam berganliklari uchun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev o‘z minnatdorligini bildirdi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan hamkorlikda har bir davlatlar kesimida yoshlar bilan ishlash tizimini yaratishda yo‘l xaritasini hamkorlikda ishlab chiqish va tasdiqlash taklifini bildirdi. Favqulodda va Muxtor Elchilari bilan o‘tkazish rejalashtirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi va ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda ShHT kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilinishi aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, 2022-yilda doirasida aynan yoshlar siyosati sohasida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Elchi va Yoshlar” uchrashuvlarini muntazam o‘tkazib boorish taklifi bildirdi.