Matbuot xizmatiYangiliklarToshkent shahar hokimligi iqtidorli yoshlarni tanlab olmoqda

Toshkent shahar hokimligi iqtidorli yoshlarni tanlab olmoqda

Toshkent shahar hokimligi iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlash va ularni xalqaro tan olingan Le Cordon Bleu (Parij, Fransiya) pazandachilik maktabida o’qitishni moliyalashtirish uchun dekabrda tanlov e’lon qilgan.
Ingliz yoki fransuz tillarini bilgan saralangan yosh mutaxassislar jahon standartlari darajasidagi pazandachilik hamda restoran va mehmonxona boshqaruvi ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Le Cordon Bleu fransuz maktabi dunyodagi eng yaxshi maktablar qatoridan joy olgan. Unda o‘zbek mutaxassislarining tayyorlanishi nafaqat Toshkentda, balki butun O‘zbekistonda mehmond’ostlik sohasiga ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Le Cordon Bleu maktabi ta’lim dasturlari:
Pazandachilik san’ati: oshxona (6 oy)
– Pazandachilik san’ati: shirinliklar va pishiriqlar (6 oy)
– Pazandachilik san’ati: non mahsulotlari (3 oy)
– Magistratura MBA Mehmondo’stlik sohasi menejmenti yo’nalishida (1 yil, Paris-Dauphine universiteti bilan birgalikda)
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Nomzodlarning yoshi 20 dan oshgan bo’lishi va 40 yoshdan oshmasligi kerak, 35 yoshgacha bo’lganlar ustunlikka ega bo’ladi.
2. Oliy ma’lumotli nozodlar tajribaga ega bo’lishi maqsadga muvofiq, ammo majburiy emas. O’rta ma’lumotli nomzodlar ta’lim olishi ko’zda tutilayotgan dasturi yo’nalishida mehnat tajribasi kamida 3 yil bo’lishi kerak.
3. Magistraturaga hujjat topshirayotgan nomzodlar istalgan yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. 3-9 oylik dasturlarga hujjat topshirayotgan nomzodlar to’liq o’rta ma’lumotga ega bo’lishlari kifoya qiladi (ammo oliy ma’lumotga ega nomzodlar ustunlikka ega bo’ladilar).
4. Tilni bilish – ingliz tilini (minimal IELTS 5,5 darajasida) yoki fransuz (B2 darajasida). Rasmiy sertifikat talab etilmaydi.
5. Fuqarolik va yashash joyi – nomzodlar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi hamda ariza topshirish vaqtida Toshkent shahrida yashashi va ishlashi kerak. Roʻyxatdan oʻgan bo’lishi shart emas.
Grant oluvchilarning quyidagi xarajatlari qoplab beriladi: ta’lim dasturi to’lovlari, xalqaro aviaparvoz chiptalari, o‘qish davrida turar joy va ovqatlanish xarajatlari.
Ariza topshirish muddati yanvar oyi oxiriga qadar uzaytirilmoqda.
Batafsil ma’lumotni https://www.grant.toshkent21.uz/ sayti orqali olish mumkin, shunigdek @Hokimiyat_grant_bot telegram bot orqali ham ma’lumot olish va ariza berish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tadbirkorlik rivoji uchun qo’yilgan yana bir qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoniga asosan...

Toshkent viloyatidagi 20 mingga yaqin bino Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda. Toshkent viloyatidan 20 mingga yaqin binolar Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat...

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi salkam 16 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga oshgan. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollariga yetgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi...

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8...

Hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

19-aprel “Shakes Pear” kitoblar olamida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori singapurlik Rudy Fang bilan...